So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду захирадан тушиб Португалияга ғалаба олиб келди, Испания ўн киши бўлиб меҳмонда йирик ҳисоб қайд этди, Хорватия ва Швециядан уйдаги ғалабалар  1 01:02Анасхон Раҳматов: "Терма жамоамизга Жаҳон чемпионати давомида имкон қадар ёрдам беришга ҳаракат қиламан"  0 00:58"Атлетико" футболчиси жароҳати боис Аргентина терма жамоасидан Мадридга қайтади  0 00:30Хосе Венансио Лопес: "Энг муҳими хатоларга йўл қўймаслигимиз керак. Бугун 36 дақиқа давомида тартибли ўйин кўрсатдик"  0 00:05Аббосбек Файзуллаев: "Хато қилган жамоалар Жаҳон чемпионатидан қуруқ қоладиган босқич бошланди"  2 23:45Элдор Шомуродов: "Бишкекка уч очкони қўлга киритиш учун келдик"  10 23:26Футзал. Тожикистон ЖЧда гуруҳдаги рақибимиз — Нидерландияни мағлуб этди  0 23:05Миллатлар лигаси. Бешта ўйин якунига етди  2 22:45Мундиал-2026. Рустам Ашурматов "Бунёдкор" академиясига қандай келиб қолгани ва 2 миллион сўм маош ҳақида   0 22:43Қирғизистон терма жамоаси футболчилари Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан нималар дейишди?  10 22:20Милитао ўнг сон зўриқиши сабаб 10 кунни ўтказиб юборади  0 21:41Футзал. Ўзбекистон иккинчи ўртоқлик ўйинда ҳам Бразилияга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  15 21:10БАА Лига кубоги. Ғаниев ассист қайд этди ва "Ал Батеҳ" ғалаба қозонди, аммо...  12 20:35"Барселона" ва яна тўрт клуб Томас Партига қизиқмоқда  3 19:54ПСЖ Энрике билан шартномани узайтирадими?  0

Transfer oynasi-2022: oxirgi kunning muhim transferlari tahlili (mutolaa uchun) Yangiliklar

Transfer oynasi-2022: oxirgi kunning muhim transferlari tahlili (mutolaa uchun)

Angliya Premer-ligasi klublari ushbu transfer oynasida nihoyatda ulkan mablag' – 2,24 milliard evro sarflab yuborishdi.

CHindan muhim transferlar ham amalga oshirildi, jumladan, Darvin Nunes ("Liverpul"ga 75 mln evro evaziga), Kazemiro (70 mln evroga "Manchester Yunayted"ga) va Erling Holand (60 mln evroga "Manchester Siti"ga) top-klublar azosiga aylandi.

Ko'pgina ligalar uchun ushbu transfer oynasi payshanba kuni nihoyasida yopilishi kerak edi (bu erda, albatta, mahalliy vaqt inobatga olinadi). Belgilangan muddat dedlayndan avval yana bir qancha yirik transferlar ham amalga oshishi mumkin edi. Bu xoh yirik summadagi transfer bo'lsin, xoh uzoq vaqtdan buyon narxini kelisha olmay savdolashish bo'lsin yoki ijara asosida futbolchilarni berib yuborish.

1 iyulda transfer oynasi ochilganidan beri deyarli har bir bitimning jamoa o'yiniga tasiri va futbolchining ikki jamoada tutadigan o'rni qanday bo'lgani va qanday bo'lishi borasida mulohazalar berib borildi. Endi so'nggi bir necha kun ichida rasman elon qilingan bir qator muhim ahamiyatga ega kelishuvlarga tahliliy baho berishga urinib ko'ramiz. Transfer mablag'lari miqdori va rasmiylashtirilgan sanasiga ko'ra ularni joylashtirdik. Kelishuvlarning aniq miqdori malum qilinmaganlarini maxsus belgi – yulduzcha (*) bilan belgiladik.

1 sentyabr

Antoni – "Ayaks"dan "Manchester Yunayted"ga – 95 mln evro (85 mln funt, 96 mln dollar)

"Ayaks": A+

MYU: A-

Transfer bozori ustasi bo'lgan "Ayaks" braziliyalik vingerni 2020 yilda taxminan 18 mln evroga sotib olgan edi va futbolchining transferidan katta foyda qildi. Klub mankunianlardan ko'plab takliflar kelganini ko'rib, o'zlari istagan mablag'ni talab qilgan holda qattiq turib oldi va qo'shimchasiga 5 mln ham ishlab olishi mumkin bo'lgan bitimga rozilik bildirdi. Unga mos qobiliyatli o'rinbosar topish uchun yana uzoq muddat ishlash kerak bo'ladi. 

22 yoshda bo'lgan Antonining yanada rivojlanish uchun ko'p vaqti bor va u Erik ten Hag qo'l ostida rivojlanishi kerak bo'lgan eng yaxshi yosh istedod ekaniga shubha yo'q. 95 mln evro esa undan kutilganlarini ro'yobga chiqarish uchun ancha ko'plik qiladi. U ushbu mablag'ni oqlash va Premer-ligada muvaffaqiyat qozonish uchun barcha imkoniyatlarga ega.

Per-Emerik Obameyang – "Barselona"dan "CHelsi"ga – 12 mln evro* (10 mln funt, 12 mln dollar)

"Barsa": A-

"CHelsi": S+

Fevral oyi boshida Obameyangni tekinga qo'lga kiritib "Barsa" qisqa vaqt ichida uning asosan yaxshi formada bo'lganidan unumli foydalandi. Ammo yozda Robert Levandovski bilan shartnoma imzolangandan so'ng moliyaviy ahvolini yaxshilash uchun forvardni "CHelsi"ga berib yuborish orqali yaxshigina daromad qildi. Aqlli yurish, sababi u Xavini unchalik hayratda qoldira olmagan va faqatgina Levandovski jarohat olsa (bunday bo'lmasligiga umid qilamiz) uning o'rni bilinishi mumkin. "CHelsi" bir hujumchi bilan shartnoma imzolashni astoyidil istadi. Biroq Obameyangda to'xtalish xato bo'lib chiqsa-chi? SHubhasiz, u Dortmundning "Borussiya"si orqali jamoa murabbiyi Tomas Tuxelni yaxshi biladi va u Premer-ligada gol ura olishini isbotlab bo'lgan. Biroq 33 yoshli futbolchi uchun bir o'yinchining bahridan o'tish va 12 million to'lash, nazarimizda, juda ko'p. Uning fevral oyida "Arsenal"ni tark etishi xavf ishorasi bo'lishi kerak.

Denis Zakariya – "Yuventus"dan "CHelsi"ga – ijara asosida

"Yuve": C+

"CHelsi": B

Yanvar oyida tekinga Turin klubi azosiga aylangan futbolchi aytarli natija ko'rsatmadi. Uning ijaraga o'tishi kutilmaganda paydo bo'ldi, ammo 35 million evroga uni doimiy qo'lga kiritish imkoniyati ham bor. Agar bu amalga oshadigan bo'lsa, "Yuventus" juda samarali ishlagan bo'lib chiqadi. 

N'Golo Kantening jarohat olishi "CHelsi"ni transfer bozoriga yarim himoyachi izlab kirishiga olib keldi ("ko'klar" shundoq ham bu bozorga yotib olgandi) va munosib o'rinbosarga aylanishi mumkin bo'lgan Zakariyani topishdi. Biroq siz "CHelsi" uni qanchalik xohlaganini transfer oynasining qaysi vaqtida olinganidan bilib olishingiz mumkin.

Karlos Soler – "Valensiya"dan PSJga – 18 mln evro (18 mln dollar)

"Valensiya": C-

PSJ: B

"Valensiya" yulduzlaridan biri hisoblangan Soler transfer oynasida u uchun to'langanidan ikki baravar keladigan juda ko'plab takliflar berilgani haqida xabarlar chiqqandi. SHu tufayli 18 mln evro uzun bo'yli 25 yoshli o'yinchi uchun juda kamdek ko'rinadi.

Xuddi Fabian Ruis bilan kelishuv tuzilgani kabi PSJ futbolchining 2023 yilda tugaydigan shartnomasidan foydalanib kutilganidan ancha arzonga futbolchini qo'lga kiritdi. Soler iqtidorli o'yinchi, biroq u super yulduzlar bilan to'lib toshgan tarkibni yorib o'tishga qiynalib qoladi.

Manuel Akanji – "Borussiya" Dortmunddan "Manchester Siti"ga – 17,5 mln evro (15 mln funt, 18 mln dollar)

"Borussiya": B+

"Siti": B

SHveycariyalik futbolchining nemis klubidagi shartnomasi kelasi yozda o'z yakuniga etishi kerak edi, dortmundliklar iloji boricha uning transferidan pul ishlab olishga intildi. Akanji 2018 yilda "Bazel"dan 18 mln evroga kelganidan beri yaxshi harakat qildi va "Siti", shubhasiz, ko'rganlaridan mamnun bo'lib, futbolchiga qiziqish bildirdi.

Akanjining "Siti"da avtomatik tarzda asosiy o'n birtalik uchun kurashga qo'shilishi dargumon. Bundan avval futbolchi bilan "CHelsi" va "Arsenal" qiziqib ko'rgandi. U borgan jamoasiga chuqur yordam bera olish uchun ko'p qirrali o'yinchi hisoblanadi. Agar Gvardiola himoyada uch futbolchini o'ynatsa, u ustunlik qilishi mumkin. Sababi uning to'p uzatishi va driblingi himoyachi uchun yuqori darajadadir.

Serjino Dest – "Barselona"dan "Milan"ga – ijara asosida

"Barsa": C

"Milan": B

Xavi AQSH terma jamoasi himoyachisini "Kamp Nou"da istamasligi aniq edi. SHuning uchun u futbolchiga chiqish eshiklarini ko'rsatdi. Destning ko'p qirrali futbolchi ekani jamoaga qo'l kelishi mumkin edi. "Barsa" uni boshqa jamoaga o'tkazib yuborishni afzal ko'rdi. Qanot himoyachisi jamoada unga o'ynash imkoniyati taqdim etilmaganini ko'rgach ketishni xohladi. 

"Milan" kelasi yozda futbolchining bir yillik ijara shartnomasi muddati tugaganidan keyin 20 mln evroga sotib olish imkoniga ega bo'ladi. Agar u yangi jamoasini o'ziga "maftun eta olsa", shartnomaning ushbu bandi faollashadi va "Milan" yaxshi bitimga ega bo'lishi ehtimoli mavjud. Bunday bo'lmaydigan taqdirda uni osongina "Barsa"ga qaytarib berib yuborishadi.

Artur Melo – "Yuventus"dan "Liverpul"ga – ijara asosida

"Yuventus": B+

"Liverpul": B

72 mln evroga shartnoma imzolangan Artur Turin klubida yaxshi harakatlana olmadi. "Yuventus"da hozirgi paytda yarim himoyada bir nechta yaxshi variantlar bor va shu sababli Meloning ijaraga berib yuborilishi barcha tomonlar uchun eng to'g'ri yo'l bo'lib tuyuldi. Ular 4,5 mln ijara haqi oladilar va u yangi jamoasiga butunlay ko'chib o'tadigan bo'lsa, uni xarid qilish 37,5 mln evro keltiradi. Umuman olganda, bu turinliklar uchun yomon emas. 

"Liverpul" jarohatlar bilan bog'liq muammolarni hal qilish uchun unchalik ko'p mablag' sarflashga tayyor emas edi, ayniqsa, ular kelasi yozda "Borussiya" Dortmunddan Jud Bellingemni olishni xohlashadi. Artur hozircha yuzaga kelgan bo'shliqni to'ldirish uchun yaxshi tanlov. Mersisaydliklar uni tarkibga vaqtincha qo'shish orqali katta tavakkal qilayotganlari yo'q. 

Martin Dubravka – "Nyukasl"dan "Manchester Yunayted"ga – ijara asosida

"Nyukasl": B

MYU: B

"Nyukasl" Nik Poupni olib kelgandan so'ng Dubravkaning tarkibdagi o'rni xavf ostida qoldi va u boshqa klubga o'tishni xohladi. Uning ijara shartnomasi kelasi yozda nihoyasiga etadi. Uni 6 mln evrolik ehtimoliy transfer kutib turibdi. Bu uning o'ziga bog'liq bo'ladi. Martinni "Nyukasl"da unchalik sog'inib qolishmaydi. 

"Manchester Yunayted"da Dubravka de Xeadan keyingi posbon bo'ladi. Ispaniya terma jamoasi azosi o'rnini egallash haqida, tabiiyki, gap-so'z bo'lishi mumkin emas. Lekin Dubravka ham tajribali va Premer-ligada qanday harakat qilishni biladi. Agar zaxirada uzoq vaqt o'tirish xafa qilmasa, uning klub almashtirishi yaxshi harakat bo'ldi deyish mumkin.

Ektor Belerin – "Arsenal"dan "Barselona"ga – erkin agent

"Arsenal": S

"Barselona": B

"Kanonirlar" futbolchi bilan shartnomani bekor qilishga rozi bo'ldi. Bir paytlar Premer-liganing eng yaxshi qanot himoyachilardan biri bo'lgan Belerin uchun bir necha yil g'alati o'tdi. U orzusidagi jamoa "Barselona"ga o'tishga qaror qildi. Bu orqali "Arsenal" futbolchilarning haftalik maoshlari uchun to'lanadigan pulni biroz kamaytiradi. "Barselona" yoshlar jamoasi safidan olib ketilgan futbolchi "La Masiya yo'li"ni yaxshi biladi. Ajablanarli jihati, Belerin 27 yoshda va u hali jamoasiga ko'p narsa bera oladi. Xavi uni qo'lga kiritib, to'g'ri yo'l tutdi. Klub bunda hech qancha sarflamadi.

Mansurbek Nematov tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика