So’nggi yangiliklar

23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  0 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  46 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  0 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  13 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4

Transfer bozorida chaqqon va chempion bo'lgan Babayan - Superliganing yozgi transfer oynasidagi ko'zgu Yangiliklar

Transfer bozorida chaqqon va chempion bo'lgan Babayan - Superliganing yozgi transfer oynasidagi ko'zgu

Futbol shunday sport turiki, bunda nafaqat 90 daqiqalik o'yin, balki uning atrofidagi jarayon, xususan transfer oynasidagi kelishuvlar ham muxlislarga katta quvonch va hayajon taqdim etadi.

Haqiqiy transferlar, undagi intriga, kimning qaerga o'tishi va qaysi tanlovga to'xtalishi millionlab muxlislarni intiq qiladi. To'g'ri, odatda haqiqiy transferlar avvalo Evropada, oxirgi yillarda Osiyoda ham ruy beradigan bo'ldi. Yani, million dollarlik kelishuvlar odat to'siga aylangan. O'zimizda esa shunchaki asosan erkin agent maqomida uyoqdan buyoqqa o'tishlar amalga oshadi. Lekin shunday bo'lsada joriy mavsum avvalidagi transfer oynasidagi o'tishlar, ayniqsa "Navbahor" amalga oshirgan transferlar fonida bo'lajak mavsum boshqacha o'tishini kutganlar ko'paydi.

Superliganing birinchi davrasi esa amalda ham bu yilgi mavsum odatdagidanda boshqacha o'tayotganini tasdiqladi. Qahraton qishda "qaynoq" transferlarni elon qilgan "Navbahor" jazirama yozda ham o'sha haroratni saqlab qola bildi.

Kim nima desa desin-u, lekin Samvel Babayan murabbiylik salohiyatini ishga solishdanda avval uddaburon menejer sifatida qishda ham, yozda ham Superliga klublarini transfer oynasidayoq mag'lub qildi. Katta nomlar, shov-shuvli darajadagi transferlar Namangandagi bozorda ruy berdi.




To'g'ri, faqatgina transferlar orqali chempionatni yutishning imkoni yo'q. Lekin transfer bozori ham futbolda muhim omilga aylangan. Yani, jamoaning selekcion siyosati uning muvaffaqiyat kalitlaridan biriga aylangani bor haqiqat. Dastlabki xulosa shuki, "Navbahor"ning qishki transferlari birinchi davrada baribir o'z so'zini aytib, jamoaning hozirgi mavqeida turishiga yaxshigina xizmat qildi. Yozda ham tempni tushirmagan va tarkibni yanada raqobatbardoshga aylantirgan Babayan "Navbahor" rulida o'tirib hazillashmayotganiga ishora qilmoqda. Babayan jamoaviy o'yinda juda kerakli va foydali ishlarni bajaradigan Diyor Turopovni olib keldi. Individual jihatdan kuchli, allaqachon evropa darajasiga chiqqan va O'zbekistonga qaytishini hech kim kutmagan Yaxshiboevning Namanganda paydo bo'lishi yozgi chillaning eng "jaziramasi"ga aylandi.

Xullas, Babayan "Navbahor"ni ikkinchi davra oldidan kuchsiz chizig'i bo'lgan chap qanot himoyasiga Kozakni qaytarib raqobatni oshirgan bo'lsa, o'yin amaliyoti kamligidan nolib na o'yin taraflama va kayfiyat jihatidan jamoaning ichki muhitiga tasir qilishi mumkin bo'lgan qanot vingerlarini almashtirdi: Grishgalashvili va Kenjaboev o'rnini Turopov va Abdumannopov egalladi. Yaxshiboevni Babayan aynan qaysi poziciyasida o'ynatishi hozircha jumboq. CHunki Jasur o'zimizda vinger sifatida tanilgan bo'lsa, Evropaga ketib sof hujumchiga aylandi. Babayan esa shov-shuvli transfer orqali bir fursatda ikkita chiziqqa universal raqobatchi paydo qildi. Marushichning zaxirasiga aylangan ikki bir xil tipdagi hujumchilar Sidorov va G'anixonov o'rnini esa bizga begona bo'lgan futbolchi qirg'izistonlik hujumchi Mirlan hamda namanganlik muxlislarning eski yoqimtoyi Kasyan egalladi. Ketganlar urniga kelganlar daraja jihatdan ancha ustunligi kundek ravshan. Demak xulosa shuki, "Navbahor" birinchi davradagidanda kuchliroq jamoaga aylangandek. Bu esa chempionlik poygasini yanada bezashi aniq.

CHempionlik uchun kurashdagi qolgan jamoalarda shov-shuvli transferlar uchragani yo'q. "Nasaf", "Paxtakor", "So'g'diyona" va AGMKda ham o'zgarishlar bo'ldi. Lekin bu o'zgarishlar chempionlik yo'lida ularning imkoniyatini oshirib yubordi yoki pasaytirdi, deyishga erta. CHunki jamoani etakchilar tark qilmadi va kelganlar ham kamida o'zbek futboli uchun begona legionerlar. Ularning imkoniyatini ikkinchi davrada kutishga majburmiz. SHu bois bu to'rttalikdagi jamoalar kuchaydi yoki aksincha, kuchsizlandi deyishga etarli asos yo'q. Muhimi, ular katta yo'qotishlarga uchramadi va tarkib o'zagini saqlab qoldi. "Paxtakor"dan Rashidov yoki Erkinov ketdi, deyishingiz mumkin, ammo unutmang ularning ikkisi ham "Paxtakor"da muhim roldagi futbolchi bo'lmagan. Qishda kelgan legionerlar: Larin, Xadjiev va SHarkichning ketishini umuman yo'qotish deb bo'lmaydi. Lekin ularning o'rniga kelganlar haqida gapirishga shoshilmagan maqul. "Paxtakor" uchun eng foydali transfer bu shubhasiz jamoaviy yaxshi ijrochi bo'lgan Doston Hamdamovning jamoaga qaytganini etirofga arzirli. Hozirgi "Paxtakor" uchun chempionlik unvonini himoya qilish har yilgidanda principial ahamiyatga ega va ular buni SHackix boshliq jamoada qanday uddalashadi hamma uchun qiziq. "Paxtakor" chempionlik unvonini hech qachon chempion bo'lmagan azaliy raqibi "Nasaf"ga berib qo'yishni yoki sobiq murabbiyi boshliq "Navbahor"ga bu kurashda yutqazishni hayoliga ham keltirolmasa kerak. Amalda esa bu uchun jiddiy kurash kechadi. Ko'p narsa ketgan legionerlar o'rniga kelgan legionerlar darajasi o'rtasidagi farqqa bog'liq bo'lishi mumkin. Jamoa yozgi selekciyada mo'ljalga aniq urdimi yoki adashdimi? Bu "Paxtakor" uchun yil savoliga aylanishi mumkin.




"Nasaf"da esa Ro'ziqul Berdiev zaxira o'rindig'ini tajribali legionerlar bilan uzunlashtirdi. Ularning salohiyati yoki darajasi haqida fikr berish tabiiyki erta. Lekin shunisi aniqki, bu yil murabbiyga klub rahbariyati chempionlik vazifasini qo'yishi bilanoq "Nasaf" ham yoshlarga emas, legionerlar va tajribaga tayanishni maqul topdi. Aslida jamoaning umumiy yosh darajasi ancha optimal va o'sha yoshlar hozirda bemalol aytishimiz mumkinki tajribali futbolchiga aylanishgan. Demoqchi bo'lganimiz, buyog'iga Ro'ziqul Berdievga hech qanday baxona yo'q. Maqsad va mo'ljal aniq. Jamoa esa chempionlik uchun rostmana kurashishga "pishib etilgan" holatda. Natijani esa mavsum yakunida ko'ramiz.

AGMK yozgi transferlar oynasi paytida qator o'zgarishlarni amalga oshirdi. Asosan jamoaga o'yini bilan yordam qilolmayotgan futbolchilar ketdi va ularning o'rni shijoat, yosh iqtidor va tajribali chempionlik ruhidagi legionerlar bilan boyitildi. SHundan kelib chiqib, olmaliqliklar yozgi transfer oynasida aniqki kuchsizlangani yo'q. Mirjalol Qosimov o'z odatiga muvofiq deyarli har bir chiziqqa teng kuchli futbolchilarni to'plab, raqobatni yanada shakllantirdi. AGMKda ham kelganlar ketganlar fonida kuchliroqdek tuyulmoqda. Demak AGMK chempionlik uchun kurashda oxirigacha harakat qilishga qodir jamoa deyishimiz mumkin.

"So'g'diyona" Ulug'bek Baqoev xarakteriga mos jamoa sifatida shakllangan va barqaror tarzda har yili sovrinli o'rinlar uchun kurashda faol. Jamoada yozgi bozorda juda katta o'zgarishlar ruy bergani yo'q. Ikkita tezligi pasaygan va "So'g'diyona"ning o'yin uslubi fonida kurashuvchanligini yo'qotgan Bikmaev va Filiposyan ketdi. Ularning o'rniga yana ikkita tajribali va yoshi katta bo'lgan SHavkat Salomov va Vitaliy Denisov keldi. Denisovning O'zbekistonga kelishi katta voqelik. Lekin uning hozirgi sport formasi qay holatda bu juda ochiq savol. Lekin imidj jihatdan Denisovning kelishi "So'g'diyona" va chempionat uchun ancha foydali bo'ldi. SHuningdek, birinchi davrada o'zini yaxshi taraflama ko'rsatgan Abdumannopov o'rniga Baqoevning o'yin uslubiga ko'proq mos tushadigan Husniddin G'ofurov kamida 6 oyga vaqtinchalik Jizzax "propiska"siga ega bo'ldi. Baqoev chempionlik uchun kurashga qanchalik qo'shiladi yoki yo'q bir narsa deyish mushkul. Lekin jamoa OCHLga yo'llanma beruvchi sovrinli o'rinlar uchun yaxshigina "jang" taqdim qilishga qodirligini yo'qotmagan.

Birinchi davra alohida ajralib qolgan chempionlik kurashidagi oltilikdan faqatgina "Qizilqum" sezilarli darajada kuchsizlandi. Jamoani yuragi hisoblangan Boydullaevning ketishi va himoya qo'rg'oni bo'lgan To'xtaxo'jaevning o'rni munosib ravishda yopilgani yo'q. Oleg Tolmasovning jarohatdan so'ng qaytishi To'xtaxo'jaevning o'rnini to'liq bosishiga ishonch yo'q. Dilshod Jo'raev ham Boydullaevning yo'qligini sezdirmaydigan darajada barqaror o'yin ko'rsatishiga hech kim kafolat bermaydi. SHu ikki jihat jamoani ancha kuchsizlantirib qo'ygandek taassurot qoldirmoqda. Bu esa "Qizilqum"ni chempionlik poygasidan tushib qolish eng asosiy nomzodga aylantirmoqda.




Autsayderlar guruhidagi jamoalar ham yozgi transfer bozorida chaqqon xaridorga aylanishdi. "Metallurg" qarib qolgan yoki tajribali futbolchilaridan voz kechdi va nisbatan jamoaning o'rtacha yoshini yoshartirdi. Bu qanday naf beradi, ochig'i xulosaga hali erta. Futbolda tajribadan voz kechib darxol yoshartirib yuborish doim ham foyda keltirmagani ko'p isbotlangan. "Neftchi"da esa nafaqat murabbiy, balki tarkib ham butkul o'zgarib ketdi. Levchenko Larin va Mishenkodan OCHL-2021dagidek foydalana olsaku yaxshi, lekin Larin "Paxtakor"da ko'rganimizdek o'ynasa, Mishenko esa AGMKda ham asosiy aylana olmaganini inobatga olsak, bu himoya bilan "Neftchi" Superligadagi joyini himoya qilishi katta so'roqni keltirib chiqarishi mumkin. Pro licenziyasi hali ham yo'q bo'lgan Levchenko ushbu sertifikatni olish uchun Superligada jiddiy imtihon topshiradi.

"Qo'qon-1912" va "Lokomotiv"da ham o'zgarishlar amalga oshirildi. Lekin ularni sezilarli transferlar bo'lishiga ishonish qiyin. Ammo Fayziev kelgach qo'qonliklarning holati yoki yaxshi yo yomon tarafga o'zgarishi mumkin. Bu ikki jamoa jon saqlab qolish uchun kurashdagi raqobatchilar. Ammo ularning tushib ketish ehtimoli "Metallurg", "Neftchi", "Surxon" yoki "Dinamo"nikidan pastroq. "Bunyodkor" va "Olimpik" esa chempionatda allaqachon o'rtada arosatga qolgan jamoalarga o'xshab qolishdi. Na chempionlik uchun kurashga qodir, va na tushib ketish xavfi bor. Bu ikki jamoa ikkinchi davrani maza qilib futbol o'ynab o'tkazish ehtimoli yuqori. Bosim nisbatan juda kam ikki jamoa.

Superligada holati eng qiyin jamoa bo'lib turgan "Dinamo" transfer oynasida juda faol bo'ldi. Boshqa yo'l va iloji ham yo'q edi. SHu bois "Dinamo" transfer oynasiga katta urg'u qaratib, jamoaga chempionlik kurashuvidagi klublardan etakchilarni taklif qila oldi. "Qizilqum" etakchisi Boydullaev, chempionlik uchun kurashga o'rgangan Marat Bikmaev,"Navbahor" bilan karvonboshchilik qilayotgan Elguja Grigalashvili, Belarusda ajoyib formaga kirib olgan SHohruh Abdurahmonov kabi kerakli futbolchilar bilan tarkib boyitildi. Bu transferlar SHipilovga katta yordam berishi aniq. Buyog'iga hamma yuk SHipilovning bo'yniga tushadi. CHunki klub rahbariyati yozgi transfer bozorida bosh murabbiyga eng qimmat "bozorlik"lardan birini qilib berdi. "Dinamo" tarixida hech bir murabbiy rahbariyat tomonidan transferlar bilan bunchalik "erkalatilmagan".

Xullas, deyarli bir oy davom etgan tanaffusdagi transfer bozorida shunaqa gaplar. Qolgan va eng asosiy voqealarni amalda Superliganing ikkinchi qismida ko'ramiz.


"Mundial ismli sobiq futbolchi"

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика