"Tottenxem" sobiq futbolchisi havaskor jamoaga o'tdi
08 noy 2024 18:01
Yangiliklar
"Tottenxem" sobiq futbolchisi havaskor jamoaga o'tdi
"Tottenxem" va Braziliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Sandro Raneri Angliya futbolining ettinchi darajali turniri bo'lgan Janubiy liga markaziy premer-divizioni vakili "Harboro Taun" klubi bilan shartnoma imzoladi.
SHartnoma muddati va uning tafsilotlari oshkor etilmagan. Sandro "Harboro Taun"da 30-raqamda harakat qiladi.
Uning so'nggi klubi Portugaliyaning "Belenensesh" jamoasi bo'lgandi.
Eslatib o'tamiz, Sandro Raneri 2010 yildan 2014 yilgacha "Tottenxem" safida 106 o'yin o'tkazgan. Braziliyalik futbolchi terma jamoasi safida ham 17 o'yinda qatnashgan.
O’xshash yangiliklar
09:45
Klaudio Raneri kechagi uchrashuvda nega asosiy tarkibda o'zgarishlar qilganini tushuntirib berdi 25
Fikrlar