"Tottenxem" SHkrinyar uchun 35 mln evro to'lashga tayyor. "Inter" 50 mln+bonuslar talab qilmoqda
28 sen 2020 13:28
Yangiliklar


"Tottenxem" SHkrinyar uchun 35 mln evro to'lashga tayyor. "Inter" 50 mln+bonuslar talab qilmoqda
"Tottenxem" "Inter" bilan himoyachi Milan SHkrinyarning transferi borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.
Londonliklar 25 yoshli Slovakiya terma jamoasi o'yinchisi uchun 30-35 million evro to'lashga tayyor. Ammo, Milan klubi 60 million evro yoki 50 mln+bonuslar ko'rinishida talab qilmoqda.
Qayd etish kerakki, "Tottenxem" ushbu haftada SHkrinyar uchun rasmiy taklif beradi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi "Inter"ga 2017 yilning iyulida "Sampdoriya"dan o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar