"Tottenxem" olti nafar yangi o'yinchi bilan shartnoma imzolamoqchi
24 may 2022 18:36
Yangiliklar
"Tottenxem" olti nafar yangi o'yinchi bilan shartnoma imzolamoqchi
"Tottenxem" shu yozda o'z safiga olti nafar yangi o'yinchini qo'shib olmoqchi.
Klub bosh murabbiy Antonio Kontega tarkibni kuchaytirishda yordam bermoqchi va italiyalik mutaxassisni qolishga ko'ndirishga umid qilmoqda. "SHporlar" rahbariyati jamoaga sarmoya kiritgan holda murabbiyni qo'llab-quvvatlashni vada qilmoqda.
"Tottenxem" APLda 2021/22 yilgi mavsum so'nggiga ko'ra 38ta o'yinda 71 ochko jamg'argan holda, to'rtinchi o'rinni egalladi.
Konte jamoani 2021 yilning noyabridan beri shug'ullanmoqda. SHartnoma bitimni uzaytirish imkoniyati bilan 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar