"Tottenxem" Kunde borasida "Sevilya" bilan kelishuvga erishdi
14 iyu 2021 07:28
Yangiliklar
"Tottenxem" Kunde borasida "Sevilya" bilan kelishuvga erishdi
"Tottenxem" "Sevilya" bilan himoyachi Jyul Kundening transferi borasida kelishuvga erishdi.
Jurnalist Janluka Di Marcioning malumotiga ko'ra, endi o'yinchining o'zi bilan kelishuvga erishilishi kerak.
London klubi 22 yoshli francuz uchun 30 million evro to'laydi. Bundan tashqari, "Sevilya"ga "shporlar" himoyachisi Davinson Sanches yo'l oladi.
Oldinroq tarqalgan malumotlarga ko'ra, futbolchi Franciya terma jamoasidagi sheriklari bo'lmish Karim Benzema va Kilian Mbappega "Real"da o'ynashni xohlashini aytgan.
Kunde 2020/21 yilgi mavsum "Sevilya" tarkibida 49ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar