“Tottenxem” ketma-ket 3-marta APLda “Arsenal”ni ortda qoldirdi
13 may 2019 08:51
Yangiliklar


“Tottenxem” ketma-ket 3-marta APLda “Arsenal”ni ortda qoldirdi
“Tottenxem” APLning joriy mavsumini 71 ochko bilan 4-o'rinda yakunladi.
Londonning boshqa bir klubi “Arsenal” esa 70 ochko bilan 5-o'rindan joy oldi. Natijada “shporlar” APLni ketma-ket 3-mavsum “to'pchilar”dan yuqorida tugata oldi. 2017/18 yilgi mavsumda “Tottenxem” 3-o'rin, “Arsenal” esa 6-o'rinni egallagandi. 2016/17 yilgi mavsumda bo'lsa, “shporlar” 2-pog'onani egallagan bo'lsa, “to'pchilar” 5-o'rindan joy olgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar