Mendining jarohati jiddiy bo'lib chiqdi

Administrator
29 apr 2025, 22:49
Futbolchi uchun mavsum yakunlangan bo'lishi mumkin.

"Real Madrid" klubi himoyachisi Ferlan Mendi "Barselona"ga qarshi o'yinning 11-daqiqasida almashtirilgandi. Madrid klubi rasman futbolchining jarohati jiddiy ekanini tasdiqladi. Futbolchining o'ng oyoq son qismidagi muskullar jarohatlangan.

Ma'lumotlarga ko'ra, Mendi eng kamida 2.5 oy maydonga tusha olmaydi. Bu esa o'z o'zidan futbolchi uchun mavsum yakunlangan bo'lishi mumkinligini anglatadi. Shu tariqa, Ferlan Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ham maydonga tushmaydi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: COPE