"Tottenxem" ham o'z stadionini kasalxonaga aylantiradi
30 mar 2020 21:11
Yangiliklar


"Tottenxem" ham o'z stadionini kasalxonaga aylantiradi
"Tottenxem" rahbariyati stadionni Buyuk Britaniyada koronavirusga qarshi kurashayotgan Milliy sog'liqni saqlash vazirligiga taqdim qiladi.
Bu haqda "Sky Sports" malumot bermoqda.
"Biz jamiyat oldimizdagi majburiyatlarimizni bajarishimiz kerak. Koronavirusga qarshi kurashayotganlar uchun tashakkur bildiraman. Bu esa boshlanishi. Hali davlatga bu borada ko'proq yordam berishga tayyormiz", - dedi Daniel Levi.
Oldinroq "Manchester Siti" o'z stadioni "Etixad"ni shifokorlarga taqdim qilgandi.
So'nggi malumotlarga ko'ra, butun dunyoda 724 759 nafar inson koronavirusni yuqtirib olgan. SHulardan 34 020 nafari vafot etgan bo'lsa, 152 087 inson kasallikdan forig' bo'lgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar