Toshkentning “Lokomotiv” klubi tarbiyalanuvchisi “Bolton”ga uchta gol urdi
29 okt 2017 17:41
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/285826_original.jpg)
![](/upload/storage/285826_220.jpg)
Toshkentning “Lokomotiv” klubi tarbiyalanuvchisi “Bolton”ga uchta gol urdi
Xabaringiz bor, “Lokomotiv”ning ikki nafar yosh futbolchilari yaqinda Angliyaning “Flitvud Taun” jamoasi safida tajriba orttirish uchun ingliz diyoriga yo'l olishgan edi.
Yosh istedod egasi Xurmatbek Yo'ldoshev hamda “Flitvud Taun” jamoasi murabbiylar shtabining iltimosiga ko'ra iqtidorli darvozabon Rustam Nortojiev ayni paytda ingliz jamoasi mashg'ulotlarida ishtirok etishmoqda. SHu bilan birgalikda Toshkent jamoasi tarbiyalanuvchilari “Flitvud” safida o'rtoqlik o'yinlarida ham maydonga tushishmoqda.
Kuni kecha “Flitvud Taun”ning U-18 jamoasi “Bolton”ga qarshi o'yin o'tkazdi. Unda “Flitvud” 5:0 hisobida g'alabaga erishdi. Uchrashuvda “Lokomotiv”ning 17 yoshli tarbiyalanuvchisi 3ta gol urib, xet-trik qayd etishga muvaffaq bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar