So’nggi yangiliklar

23:50Клублар ўртасидаги ЖЧ финали. "Челси" — ПСЖ 0:0 (матнли трансляция)  12 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  1 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  4 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  122 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  10 15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  1

Toshkentda ilk bora darvozabonlar murabbiylari uchun Level 1 o'quv-kurslari o'tkazilmoqda Yangiliklar

Toshkentda ilk bora darvozabonlar murabbiylari uchun Level 1 o'quv-kurslari o'tkazilmoqda

O'zbekiston Futbol Federaciyasi hamda Osiyo Futbol Konfederaciyasi hamkorligida Toshkentda ilk marotaba darvozabonlar murabbiylari uchun OFKning Level 1 o'quv-kurslari o'tkazilmoqda.

Seminarlar 4 yanvar kuni start olgan bo'lib, olti kun mobaynida davom etadi.

Seminarning ochilish marosimida O'zbekiston Futbol Federaciyasi texnik direktori hamda bolalar, o'smirlar va ommaviy futbolni rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i SHavkat Imomov so'zga chiqib, ilk bora o'tkazilayotgan ushbu kurs darvozabonlar murabbiylari uchun juda muhim ekanini, ushbu sohadagi yangiliklar bilan tanishish, hamda fikr almashishi imkoniyatini yaratishi haqida to'xtalib o'tdi.

SHuningdek, Imomov seminarlarni olib boruvchi instruktorlar hamda ularga ko'maklashadigan guruh kursning foydali malumotlarga boy bo'lishi va barcha uchun manfaatli bo'lishi yo'lida bor imkoniyatlarini ishga solishini takidladi.

Ushbu o'quv seminarida ishtirokchilari eng kamida “C” licenziyasiga ega bo'lishi va ayni paytda ish faoliyatini davom ettirayotgan bo'lishi lozim.

Level 1 sertifikatini qo'lga kiritgan darvozabonlar murabbiylari, keyinchalik Level 2 va Level 3 darajalari uchun o'qishni davom ettirish huquqiga ega bo'ladilar.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика