Toshkentda ikkinchi marta darvozabonlar murabbiylari uchun Level 1 o'quv-kurslari o'tkazilmoqda

Narzulla Saydullayev
27 yanv 2016, 14:54
O'zbekiston Futbol Federatsiyasi hamda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi hamkorligida Toshkentda ikkinchi bora darvozabonlar murabbiylari uchun OFKning Level 1 o'quv-kurslari o'tkazilmoqda.

Seminarlar 27 yanvar kuni start oldi va u 31 yanvarga qadar davom etadi.

Seminarning ochilish marosimida O'zbekiston Futbol Federatsiyasi texnik direktori hamda bolalar, o'smirlar va ommaviy futbolni rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i Shavkat Imomov so'zga chiqdi va seminar darvozabonlar murabbiylaring keyingi faoliyati uchun foydali bo'lishini ta'kidladi.

Shuningdek, Imomov seminarlarni olib boruvchi instruktorlar hamda ularga ko'maklashadigan guruh kursning foydali ma'lumotlarga boy bo'lishi va barcha uchun manfaatli bo'lishi yo'lida bor imkoniyatlarini ishga solishini ta'kidladi.

Qayd etish kerakki, o'quv-seminarlarini OFK istruktori Kris Yong (Malayziya) olib boradi.

Seminarda jami 11 nafar darvozabonlar murabbiylari ishtirok etmoqda. Ular orasida sobiq darvozabonlar: Ruslan Ahmedxonov, Qobiljon Olimjonov, Nurillo Habibov va boshqalar bor.  

Ushbu o'quv seminarida ishtirokchilari eng kamida “C” licenziyasiga ega bo'lishi va ayni paytda ish faoliyatini davom ettirayotgan bo'lishi lozim.

Level 1 sertifikatini qo'lga kiritgan darvozabonlar murabbiylari, keyinchalik Level 2 va Level 3 darajalari uchun o'qishni davom ettirish huquqiga ega bo'ladilar.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com