Toshkentda darvozabon murabbiylari uchun Level 1 xalqaro o'quv-kurslari tashkil etiladi

Tolibjon Qosimov
17 fev 2017, 10:24
O'zbekiston Futbol Federatsiyasi hamda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi hamkorligida 20–25 fevral kunlari Toshkent shahrida darvozabon murabbiylari uchun OFKning Level 1 o'quv-kurslari o'tkaziladi.

O'quv-kurslar poytaxtdagi “Ramada” mehmonxonasida bo'lib o'tadi. Eronlik OFK istruktori Jalol Basharzad Maxbubi o'quv-kurslarni olib boradi. Unga O'FF texnik direktori hamda Bolalar, o'smirlar va ommaviy futbolni rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i Shavkat Imomov assistentlik qiladi.

Ushbu tadbirda qatnashish uchun ishtirokchilar eng kamida “C” licenziyasiga ega bo'lishi va ayni paytda ish faoliyatini davom ettirayotgan bo'lishi kerak.

Level 1 sertifikatini qo'lga kiritgan darvozabon murabbiylari keyinchalik Level 2 va Level 3 darajalari uchun o'qishni davom ettirish huquqiga ega bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com