Toshkentda afrikalik futbolchilar o'zlariga jamoa qidirib yuribdilar
16 dek 2013 14:01
Yangiliklar


Toshkentda afrikalik futbolchilar o'zlariga jamoa qidirib yuribdilar
Afrika qitasidan O'zbekistonga tashrif buyurgan 10dan ortiq futbolchilar Toshkentdagi suniy qoplamli maydonlarda mashg'ulot o'tkazib, mahalladagi bolalar bilan futbol o'ynab yuribdilar.
Mana bir necha yildirki, oliy liga jamoalaridan biriga "ilinib" olishni rejalayotgan bu futbolchilar qishgi yig'inlar davomida Toshkentda paydo bo'lishadi. Aftidan ular hamon PFL chiqargan qarordan bexabarlar. 2012 yil futbolchilardan ikki nafari, hech bo'lmasa avia chipta pulini chiqarish uchun estradamiz yulduzlarining kliplarida suratga tushib ketishgan edi.

Fikrlar