Toshkent “UEFA CHempionlar Ligasi Kubogi”ni qabul qiladi
		
		20 fev 2020 15:30
        Yangiliklar	
	 
				 
				Toshkent “UEFA CHempionlar Ligasi Kubogi”ni qabul qiladi
Futbol olamidagi asosiy mukofotlardan biri bolgan kubok poytaxtimizning “Anhor Lokomotiv” bog'ida joylashgan “Axelon” karting klubida 22-23 fevral kunlari namoyish etiladi.
Mukofotning dunyo shaharlarida namoyish qilinishi futbol muxlislarining sevimli va uzoq kutilgan tadbirlaridan biridir. Bu galgi “Kubok va muhlislar uchrashuvi”ning o'ziga xosligi shundaki, ushbu mukofot avval faqat Evropa mamlakatlariga keltirilgan va ommaga namoyish qilingan.
“UEFA CHempionlar Ligasi kubogi”ning Toshkentga olib kelinishi nafaqat yurtimiz balki, Markaziy Osiyo tarixida ham muhim voqeadir. Aynan bizning kompaniyamiz mazkur afsonaviy kubokni O'zbekistonga olib kelish sharafiga ega ekanidan bag'oyat xursandmiz. Ushbu voqea mintaqa va mamlakat futbol muxlislari xotirasida uzoq vaqt saqlanishiga ishonamiz", – deb izohladi O'zbekistondagi PepsiCo hamkori “International Beverages Tashkent” kompaniyasi ijrochi direktori Maksim Efremov.
Bu haqiqiy futbol ishqibozlari, Toshkent aholisi va shahar mehmonlari uchun “UEFA CHempionlar Ligasi kubogi”ni o'z ko'zlari bilan ko'rishning ajoyib imkoniyatidir. Yoshlar o'rtasida sportni ommalashtirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan “Pepsi Uzbekistan” jamoasi say-harkatlari tufayli 22 va 23 fevral kunlari muxlislar kubok bilan birga suratga tushish imkoniyatiga ega bo'lishadi va uning yutimizga olib kelishiniga bag'ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etishlari ham mumkin.
“UEFA CHempionlar Ligasi kubogi” — bu balandligi 74 sm va og'irligi 7,5 kg bo'lgan, ichi oltin qoplamali kumush amforadir. 1955 yildan beri eng zo'r futbol jamolariga topshirib kelinayotgan kubokning orqa tomoniga turli mavsumlarda g'olib bo'lgan klublarning nomlari o'yib yozilgan. Kubokning hozirgi egasi Angliyaning "Liverpul" klubi.
Siz https://t.me/pepsi_uefa_bot  telegram botida ro'yxatdan o'tib, tadbir ishtirokchisiga aylanishingiz mumkin.
O’xshash yangiliklar
 championat.asia
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	 
             "Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
                    "Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
                    Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
                    Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
                    Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar