Torres: “Ispaniya CHili va Avstraliyani yutishiga to'la ishonchim komil”
17 iyu 2014 16:11
Yangiliklar
Torres: “Ispaniya CHili va Avstraliyani yutishiga to'la ishonchim komil”
Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Fernando Torres jamoasining mundialdagi omadsiz startidan keyin guruhdagi qolgan ikki raqibni mag'lubiyatga uchratishlariga ishonishini aytib o'tdi.
“Hozir og'ir ahvoldamiz, ammo olg'a yurish kerak. Bu holatni o'nglaymiz. Biz qo'rqmaymiz. Gollandiyaga qarshi o'yinimizdan hayron qoldim va hafa bo'ldim, ammo Avstraliya va CHilini mag'lubiyatga uchratishimizga ishonchim komil.
Bunday paytlarda shubxa paydo bo'ladi va haqiqat o'zgacha ko'rinadi. Bu futbolda va hayotda bo'lib turadigan holat. Endi hamma narsaga boshqa tomondan qaray olamiz. Bu vaziyat to'g'irlab bo'lmaydigan holat emas, ammo yaxshi deb ham bo'lmaydi. Biz g'alabaga erishishimiz kerak. Birinchi o'yindan keyin ishonch paydo bo'ldi va bu kerakli narsa” – deydi Torres “AS”ga.

Fikrlar