Tomas Tuxel: “Neymarda sardorlik xususiyati yo'q”
12 may 2019 08:30
Yangiliklar


Tomas Tuxel: “Neymarda sardorlik xususiyati yo'q”
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel Franciya chempionatining navbatdagi turida “Anjer”ga (2:1) qarshi bahsdan keyin Neymarni jamoa sardori etib tayinlash rejasi yo'qligini malum qildi.
“Bizda ikkita sardor bor: Tiago Silva va Markinos va biz ularni almashtirish niyatida emasmiz.
Menimcha, Neymarda sardorlik xususiyatlari yo'q. U etakchi va kreativ futbolchi, ammo sardor emas.
Nima uchun hamma shu haqda gapirayotganiga tushunmayman. Bizda Tiago va Marki bor, ularni hurmat qilishimiz lozim”, dedi Tuxel Canal+ efiriga bergan intervyusida.
O'tgan yilning sentyabrida Neymar Braziliya terma jamoasining doimiy sardori etib tayinlangandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar