Tomas Tuxel: "CHempionlar ligasi - PSJning maqsadi, "Yuventus" ham uni qo'lga kirita olmadi"
22 apr 2019 22:11
Yangiliklar


Tomas Tuxel: "CHempionlar ligasi - PSJning maqsadi, "Yuventus" ham uni qo'lga kirita olmadi"
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel klubning oldiga qo'yadigan vazifalari haqida aytib o'tdi.
"CHempionlar ligasi - bizning maqsadimiz. "Yuventus ham ushbu sovrinni yana qo'lga kiritish uchun juda ko'p kutishiga to'g'ri kelmoqda.
Har mavsumda ichki birinchilik va kubokda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Birinchi vazifa bajarildi, kubokda ham yutsak ajoyib bo'ladi.
CHempionat yaxshi ishlaganimizni ko'rsatib berdi. Endi shanba kuni "Renn" klubini engishimiz kerak", - deydi Tuxel.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar