Tomas Myuller: "Borussiya M"ga qarshi uchrashuv qiziqarli bo'ldi"
28 okt 2014 01:09
Yangiliklar


Tomas Myuller: "Borussiya M"ga qarshi uchrashuv qiziqarli bo'ldi"
"Bavariya" yarim himoyachisi Tomas Myuller "Borussiya M" bilan bo'lgan o'yindan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Borussiya M" uchrashuv davomida bir necha bor qarshi hujumlarda xavfli o'ynadi. Biz ulardan aynan shunday qarshilikni kutgandik. Gladbaxliklar ancha kuchli shakllangan jamoa hisoblanishadi. Bu darajadagi raqiblar har doim darvoza tomon zarba yo'llash imkoniyatlarini paydo qilishadi. Lekin shu kuni Noyer o'z ishini alo darajada bajardi. Yakunda durang o'ynagan bo'lsakda, o'yin yomon kechmadi.

Fikrlar