So’nggi yangiliklar

15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  0 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  1 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  7 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  7 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  8 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  15 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4

Toma Tabatadze: “Navbahor” joriy mavsumda o'zi qatnashadigan barcha musobaqalarda zafar quchishni maqsad qilgan” Yangiliklar

Toma Tabatadze: “Navbahor” joriy mavsumda o'zi qatnashadigan barcha musobaqalarda zafar quchishni maqsad qilgan”

Coca Cola Superligasining 16-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “Paxtakor” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning gruziyalik 31 yoshli hujumchisi Toma Tabatadze bo'lajak o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bejizga bo'lajak bahs “Yil o'yini” deya tariflanmayapti. Boisi, har ikki jamoa joriy mavsumda o'z oldiga yuksak maqsadlar qo'ygan va ayni paytda “Navbahor” turnir peshqadami bo'lsa, “Paxtakor” amaldagi chempion.

Bundan tashqari, o'tgan turdagi uchrashuvda har ikki jamoa ham muhim ochkolarni yo'qotdi.Biz Bekoboddagi o'yinning hakam tomonidan qo'shib berilgan vaqtida o'z darvozamizdan to'p o'tkazib yuborib, g'alabani qo'ldan chiqargan bo'lsak, “sherlar” o'z maydonida “Neftchi”dan mag'lubiyatga uchradi.

SHu bois, bo'lajak bahsning ahamiyati har ikki jamoa uchun yuqori.

Takidlaganimdek, o'tgan turda muxlislarni ranjitib qo'ygandik. “Paxtakor”ga qarshi kechadigan bahsda maydonga g'alaba ishtiyoqida tushib, zafar quchib, ishqibozlarga quvonch ulashamiz, degan umiddaman.

Bo'lajak o'yindagi g'alaba sovrinli o'rinlar uchun kurash yo'lidagi raqobatchilarimizdan ochkolar bo'yicha o'zib ketib, peshqadamlik mavqemizni yanada mustahkamlashga yordam beradi.         

Umuman olganda, mazkur bahsning keskin kurashlar ostida, shiddatli, tomoshabop va qiziqarli tarzda kechishi ehtimoli yuqori.

Muxlislarimizning stadiondan uylariga yaxshi kayfiyatda qaytishlarini taminlash uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.   

“Navbahor” joriy mavsumda o'zi qatnashadigan barcha musobaqalarda zafar quchishni maqsad qilgan.   

Buni amalga oshirish uchun esa biz – futbolchilar qo'ldan kelganicha harakat qilamiz", dedi gruziyalik hujumchi.

Eslatib o'tamiz, "Navbahor" — "Paxtakor" uchrashuvi 10 avgust kuni soat 20:00 da start oladi.

"Toma Tabatadze vadasini bajaradi. Jamoani yarim yo'lda qoldirmayman" — sevimli futbolchisi sharafiga familiyasini "o'zgartirgan", "qirol" laqabini olgan hamda "Navbahor" safida gol urgan gruziyalik legioner bilan yaqindan tanishamiz

Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика