Rasman: Toma Tabatadze "Buxoro" klubiga o'tdi!

Administrator
20 iyul 2025
"Buxoro" hujumchi transferini e'lon qildi.

Toma Tabatadze "Buxoro" klubi a'zosiga aylandi. 33 yoshli futbolchi bugun "Buxoro" bilan shartnoma imzoladi. 

Ma'lumot uchun, avvalroq hujumchi "Neftchi" bilan xayrlashgandi. Saytimizda uning "Buxoro"ga o'tishi mumkinligi xabar qilingan.

Tabatadze joriy mavsum Superligada 12 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol urdi. O'zbekiston Kubogida esa 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Transfermarkt portaliga ko'ra, futbolchining transfer qiymati 200 ming evroni tashkil etadi.


AdministratorMuallif
Manba: "Бухоро" клуби расмий саҳифалари.