Toma Mene: "PSJda Neymar mo'jizasini yo'qotdi. "Barsa"da o'ynaganida uning ashaddiy muxlisi edim
26 iyu 2022 17:58
Yangiliklar
Toma Mene: "PSJda Neymar mo'jizasini yo'qotdi. "Barsa"da o'ynaganida uning ashaddiy muxlisi edim
Toma Mene PSJda birga to'p tepgan hamkasbi Neymar haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Vaqtida Neymarning ashaddiy muxlisi bo'lganimni tan olish kerak. O'shanda u "Barselona"da to'p tepardi. Biroq PSJda, menimcha, u mo'jizasini yo'qotdi. Avvalgi darajasiga qaytish uning o'ziga bog'liq.
PSJ meni o'shandagi klubning sport direktori Leonardoning qarori tufayli tarkibdan chiqarib yubordi. Sababi men shartnomamni uzaytirishni istamayotgandim. Barchasi mensiz o'tdi, jumladan ECHL finali ham, vaholanki men u erda bo'lishga haqli edim.
SHaxsan menga Parijni tark etish oson bo'lmadi. Oilam va o'zimga shahar juda maqul kelgandi. Ammo vaqt o'tishi bilan oilamiz bunga ko'nikdi", – dedi kicker"ga bergan intervyusida "Borussiya" himoyachisi.
Fikrlar