Tokio-2020. Osiyo jamoalari ikkinchi turga tayyorgarlikni davom ettirmoqda
24 iyu 2021 16:25
Yangiliklar
Tokio-2020. Osiyo jamoalari ikkinchi turga tayyorgarlikni davom ettirmoqda
Ushbu musobaqada Osiyodan to'rtta jamoa qatnashmoqda: Yaponiya (mezbon), Janubiy Koreya (U-23 Osiyo chempionati chempioni), Saudiya Arabistoni (U-23 Osiyo chempionati finalchisi) hamda Avstraliya (U-23 Osiyo chempionati uchinchi o'rin sohibi).
Dastlabki turda Osiyoning ikki jamoasi - Yaponiya va Avstraliya g'alaba qozonib, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni mag'lubiyatga uchradi. Mezbon yaponlarga mohir yarim himoyachi Takefusa Kubo g'alaba keltirdi. Saudiya Arabistoni safida Salim Al Dovsari chiroyli gol urgan bo'lishiga qaramay, durang natijani saqlab qola olmadi.
22.07.2021. 1-tur. Yaponiya - JAR 1:0
Gol: Takefusa Kubo, 71.
22.07.2021. 1-tur. Yangi Zelandiya - Janubiy Koreya 1:0
Gol: Kris Vud, 70.
22.07.2021. 1-tur. Argentina - Avstraliya 0:2
Gollar: Lachlan Uels, 14. Marko Tilio, 80.
22.07.2021. 1-tur. Kot-D'Ivuar - Saudiya Arabistoni 2:1
Gol: Salim Al Dovsari, 44.
Ertaga bo'lib o'tadigan ikkinchi tur o'yinlari:
25.07.2021. 16:00. Yaponiya - Meksika (Meksika ilk turda Franciyani 4:1 hisobida mag'lub etdi)
25.07.2021. 16:00. Ruminiya - Janubiy Koreya (Ruminiya ilk turda Gondurasdan 1:0 hisobida ustun keldi)
25.07.2021. 15:30. Avstraliya - Ispaniya (Ispaniya ilk turda Misr bilan 0:0 o'ynadi)
25.07.2021. 16:30. Saudiya Arabistoni - Germaniya (Germaniya ilk turda Braziliyaga 2:4 hisobida mag'lub bo'ldi)
Agar ertangi o'yinda ham Yaponiya va Avstraliya g'alaba qozonsa, keyingi bosqich masalasini hal qiladi. Avstraliya bilan Saudiya Arabistoni yuta olmagan taqdirda juda qiyin vaziyatga tushib qolishadi.
Fikrlar