So’nggi yangiliklar

19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  11 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  2 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  9 16:21"Лидс" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  17 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0

Usmon Toshev: Guruhimizda kuchsiz jamoa yo'q Yangiliklar

Usmon Toshev: Guruhimizda kuchsiz jamoa yo'q

Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi Usmon Toshev JCH-2022 saralash bosqichiga qura tashlangach o'z fikrlarini bildirdi.

Kecha Kuala-Lumpur shahrida bo'lib o'tgan qurada Tojikiston "F" guruhidan joy oldi. Qo'shnilarimizga Yaponiya, Qirg'iziston, Myanma va Mo'g'uliston terma jamoalari raqiblik qilishadi.

- Qura juda qiziqarli bo'ldi. Kuzatdik, hayajonlandik, juda qiziq bo'ldi. Bizga yaxshi guruh tushdi. Yaponiyadek kuchli jamoa bor, qolganlar bilan esa kuchimiz deyarli teng. Har bir bahsda ijobiy natija uchun kurashamiz. Guruhimizda kuchsiz jamoa yo'q. Barcha JCH-2022 saralashi keyingi bosqichiga chiqishga harakat qiladi, shu bois biz yaxshi tayyorlanamiz. Qachon kim bilan o'ynashimizni bilamiz. Hindistondagi musobaqada KXDRga qarshi final uchrashuvi 5 sentyabr kuni Dushanbeda bo'ladigan Qirg'izistonga qarshi ilk o'yinimizga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi, - deydi Toshev Tojikiston futbol Federaciyasi matbuot xizmatiga. 

- Guruhdagi raqiblar haqida nima deya olasiz?
- Yaponiya - juda kuchli jamoa ekanligni bilamiz, qitamizning eng kuchlilaridan biri. Qolgan jamoalar ham yaxshi saviyada. Guruhdoshlarimizni o'rganishni boshlab yubordik.

- Guruh taqvimi sizga maqul keldimi?
- Biz uchun taqvim juda qulay. Eng uzoq safar Yaponiyaga bo'ladi va u keyingi yil iyun oyida bo'ladi. Ungacha tayyorgarlik ko'rish uchun vaqtimiz bo'ladi.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика