So’nggi yangiliklar

13:13Суперлигадаги навбатдаги истеъфо. Никола Лазаревич "Қизилқум"дан кетди  1 12:40Алмоез Али: "Ўзбекистонга қарши ўйиндан бошлаб биздан талаб қилинган барча вазифаларни бажарамиз"  4 12:15Вадим Абрамов: "Хотиржамлик билан ғалаба қозондик"  0 11:49Факт. Ўзбекистон Тошкентда Қатарга мағлуб бўлмаган   6 11:28Про лига. 9-турда қайси ҳакамлар ишлашади?   1 10:55“Челси“ сўнгги таклифини юборди  1 10:28“Бавария“ рози бўлди  1 10:05Кевин де Брюйне “Наполи“ билан келишув шартлари очиқланди  0 09:33Италия термасини бошқаришга асосий номзодлар маълум  6 09:02“Ал Насср“ МЮ юлдузини сотиб олиш учун ўз юлдузидан воз кечишга тайёр  1 08:31Криштиану Роналду Португалиянинг Миллатлар лигаси финалидаги ғалабаси ҳақида фикр билдирди  38 08:03ЦСКАни бошқариш учун иккита номзод бор  1 07:35ПСЖ футболчиси Испания — Португалия учрашувида энг яхши бўлди  5 07:09Неъматилло Қуттибоев: "Арислан Юсупбаев ва Аъзамжон Алиевларда жароҳат бор"  0 02:47Португалия — УЕФА Миллатлар лигаси соҳиби! Португаллар финалда испанларни пенальтилар серияси орқали мағлуб этишди  155

Tojikiston bosh murabbiyi Petar Segrt - "CAFA Nations Cup 2023”, O'zbekiston va guruhdagi qolgan raqiblar haqida Yangiliklar

Tojikiston bosh murabbiyi Petar Segrt - "CAFA Nations Cup 2023”, O'zbekiston va guruhdagi qolgan raqiblar haqida

Teglar :  Petar Segrt
Tojikiston terma jamoasi "CAFA Nations Cup 2023” turniriga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini Toshkentda olib boryapti.

Petar Segrt shogirdlari ilk turda Turkmaniston bilan bellashadi. Tayyorgarlik jarayonlari va musobaqadagi raqiblar haqida Tojikiston bosh murabbiyiga yuzlandik. 


- Janob murabbiy dastlab musobaqaga tayyorgarlik haqida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz?

- Tayyorgarlik doim reja asosida va yaxshi ketayotgandi. Lekin biroz tushunmovchilik bo'ldi, ochig'i nima bo'lganini bilmayman. Hali qaerda mashg'ulot o'tkazishimiz nomalum bo'lib turgandi. Futbolchilarim quyoshda turib qolishdi. (Tushuntirish: Tojikiston terma jamoasi kecha mashg'ulot uchun "Bunyodkor" akademiyasiga qarashli 7 maydonga kelgan, u erda O'zbekiston U-23 terma jamoasi mashg'ulot o'tayotgani bois, malum vaqtdan so'ng Tojikistonga akademiya maydonlaridan boshqasi taqdim qilingan). 

- Guruhdagi raqiblarni qanchalik o'rgandingiz? O'zbekiston, Turkmanistonni o'rganish qiyin bo'lmagan bo'lsa kerak?

- Ayni vaqtda biz uchun eng qiyin raqib Turkmaniston bo'lib turibdi. CHunki birinchi bo'lib ularga qarshi to'p tepamiz.  Ummon va O'zbekistonni ham oson jamoa demagan bo'lardim. Birinchi uchrashuv doim qiyin bo'ladi. Turkmaniston musobaqadagi ilk raqibimiz. Ummon va O'zbekiston albatta guruh favoritlari. FIFA reytingini olib qaraganda ular yuqorida. Bugungi vaqtda faqat Turkmanistonni o'ylayapmiz. Bu uchrashuv tugagach qolgan raqiblarga etibor qaratamiz. Turkmaniston bizdagi malumotlarga qaraganda juda yaxshi tayyorgarlik ko'rgan. Rossiyada o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazganini bilamiz. Ularda barcha futbolchilar jamlangan. Bizda unday emas. Futbolchilar ixtiyorimizga birin-ketin etib kelishmoqda. Mazkur holatni to'g'ri qabul qilishimiz kerak. CHunki FIFA kunlari 12 iyun sanasidan boshlanadi. Bitta o'yin orqali har qanday raqibga muammo tug'dira olamiz. 

- O'zbekiston bilan "Navruz Cup" musobaqasida ham to'qnash kelgan edinglar. SHundan so'ng O'zbekiston terma jamoasida o'zgarishlarni sezdingizmi?

- Ijobiy o'zgarishlar ko'zga tashlanayotganini aytishim mumkin. O'tgan safar uchrashganimizda Srechko Katanec bilan gaplashish nasib qilgandi. Sizlarda yoshlar, bolalar futbolida potencial yuqori. So'nggi 5 yillikda katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi. O'zbekiston yoshlar, o'smirlar terma jamoalari Osiyoda Yaponiya, Koreyaga tenglasha oladi. Etiborga molik jihati o'zbek futboli infratuzilmasi, maydonlari, sharoitlar yaxshi darajada. Bizda esa resurslar cheklangan. Tojikistonda O'zbekistonga nisbatan aholi ham kam. Raqiblarga qarshi nimadir qilishimiz mumkin. So'zim davomida o'zbekistonlik odamlarning samimiyligini aytmasam bo'lmaydi. O'zbekistonga ikkinchi tashrifim. Namanganda mehmondo'stlik ruhida kutib olishgani yodimda. Toshkentda ham bizni do'stona va iliq ruhda qabul qilishdi. Oddiy odamlar ko'chalarda, mehmonxonada doim yordam berishga harakat qiladi. Bundan juda xursandman. 

- O'zbekiston chempionatida o'ynayotgan tojikistonlik futbolchilarning holati sizni qoniqtiryaptimi? CHunki ularda o'yin amaliyoti har xil...

- Har bir murabbiy o'z futbolchisining klubida 90 daqiqa o'ynashini istaydi. Nachora vaziyat shunday. Tarkibimizda Bolgariya, Turkiya, Gruziya chempionatlarida legionerlarimiz bor. O'zbekiston chempionati kuchli. Hammasi yuqori darajada. O'zbekiston futbol associaciyasida juda yaxshi rahbariyat ishlayapti. Bu yoshlar terma jamoasida o'z mevasini berdi. Tojikiston faoliyatimdagi 4 terma jamoa. SHunday ekan kimni qanday solishtirishni bilaman. Yakuniy so'zim shuki, O'zbekistonni juda yaxshi kelajak kutyapti. Bo'lg'usida sizlarga omad tilayman.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика