Vodiy jamoasining xorij yig'inida bo'ydor himoyachi ishtirok etadi
20 jan 08:55
Yangiliklar
Vodiy jamoasining xorij yig'inida bo'ydor himoyachi ishtirok etadi
Superliga jamoalari yangi mavsumga tayyorgarlikning navbatdagi qismiga kirishmoqda.
"Andijon" 22 yanvar kuni Turkiyaning Antaliya shaxriga otlanadi va ikkinchi xorij yig'iniga kirishadi. Klub tarkibdagi bo'shliqlarni to'ldirish va raqobatni kuchaytirish maqsadida tarkibga yangi nomlarni jalb qilishda davom etadi. Jamoaning mashg'ulotlarida xorvatiyalik markaziy himoyachi Petar Bosanchich ishtirok etadi. 28 yoshli mudofaa chizig'i vakili "Riga" (Latviya), "Xayduk" (Xorvatiya), "Mariupol" (Ukraina), "CHerno-More" (Bolgariya) jamoalari libosida o'ynagan. "Riga" uning so'nggi klubi hisoblanadi.
Fikrlar