Tojikiston bosh murabbiyi: "Birinchi bo'limda o'zbekistonlik futzalchi chetlashtirilishi kerak edi"
27 jan 2023 19:36
Yangiliklar
Tojikiston bosh murabbiyi: "Birinchi bo'limda o'zbekistonlik futzalchi chetlashtirilishi kerak edi"
"CAFA Womenʼs Futsal Championship 2023" musobaqasining 1-turidan o'rin olgan O'zbekiston – Tojikiston (7:1) uchrashuvidan so'ng Tojikiston bosh murabbiyi Mustafo Afshari matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"O'yin biz uchun yaxshi boshlangandi. Kutilmagan jarohat rejalarimizni o'zgartirib yubordi. Diqqatni yo'qotganimiz uchun ketma-ket gollar o'tkazdik. Natijada hisob yiriklashib ketdi. Hakamlardan unchalik mamnun emasmiz. Birinchi bo'limda o'zbekistonlik futzalchiga qizil kartochka ko'rsatilishi kerak edi. SHaxsiy fikrim shunday.
Raqibdan, albatta, kuchli o'yin kutgandik. Ular bu musobaqaga uzoq tayyorlanishdi", - dedi Afshari.
Fikrlar