So’nggi yangiliklar

23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  0 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  1 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  0 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  1 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  2 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  24 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  7 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  24 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  14 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0

Tog'dagi yig'inni yakunlagan AGMK "Andijon"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Tog'dagi yig'inni yakunlagan AGMK "Andijon"ni mag'lub etdi

Teglar :  "Andijon"AGMK
FIFA kunlari tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalangan jamoamiz 30 avgustdan 4 sentyabrga qadar CHimyon tog' yon bag'rida joylashgan "Archazor"da yig'in o'tkazdi.

Mazkur yig'in davomida jamoamiz murabbiylar shtabi futbolchilarning jismoniy holatini bir meyorda ushlab turishga etibor qaratishdi. Bugun qisqa yig'inni yakunlab qaytgan jamoamiz Qibrayda Superliga vakili "Andijon" bilan nazorat uchrashuvini o'tkazishga ham ulgurdi.

Tog'dagi yig'inda jismoniy holatga etibor qaratilgan bo'lsa, endigi vazifa jamoaning o'yin amaliyotini ham bir maromda saqlab turish lozim. SHu boisdan ham bugun nazorat bellashuvida "Andijon" sparring raqibga aylandi.

Qiziqarli va murosasiz o'tgan o'yinda har ikkala jamoa azolari hujumkor o'yinga etibor qaratishga urinishdi. Birinchi taymda "Andijon" ham, jamoamiz ham golli vaziyatlarni yaratishga erishishdi. "Andijon" futbolchilari yaratilgan vaziyatlarini golga aylantirishni uddasidan chiqolmagan bo'lsa, jamoamiz tanaffusga qadar raqib darvozasini ikki bor aniq nishonga oldi. Dastlab Saydullo Rahmatovning uzatmasidan so'ng Sanat SHixov jarima maydonchasi ichidan to'pni to'rga yo'llagan bo'lsa, oradan ko'p o'tmasdan Dilshod Jo'raev Murod Toshmatov rivojlantirgan hujumni golga aylantirdi.

Ikkinchi bo'limda esa har ikkala jamoa safida yangi 11talik maydonga chiqdi. Mirjalol Qosimov tanaffusdan keyin yig'inda bo'lib turgan yoshlar jamoasi azolari SHeroz Jalolov, Saydullo Toshpo'latov, Farhod Imamov va Kamron Abdulhamidov singari yosh iqtidorli futbolchilarga imkoniyat berdi. Ikkinchi bo'limda jamoalar ijrosida boshqa gol urilmadi. SHu tariqa jamoamiz mazkur yig'in doirasidagi ilk nazorat uchrashuvida "Andijon" ustidan g'alaba qozondi.


Nazorat o'yini

4 sentyabr, chorshanba

AGMK - "Andijon" 2:0

Qibray stadioni.

Bosh hakam: Vadim Agishev.

Gollar: Sanat SHixov (36), Dilshod Jo'raev (43)

AGMK - Suhrob Sultonov (Akbar To'raev, 30) - Akmal SHorahmedov, Igor Zonich, Vladislav Kasminin, Saydullo Rahmatov - Erkin Baydullaev, Dilshod Jo'raev, Mirjamol Qosimov - Murod Toshmatov, SHahzod Nurmatov, Sanat SHixov.


Ikkinchi bo'limda o'ynagan tarkib: Akbar To'raev (Roman Abdulov, 60) - Mirg'iyoz Sulaymonov, G'ulomHaydar Gulyamov, Sardor Rahmonov, SHeroz Jalolov - Jasur Umarov, Saydullo Toshpo'latov, Jasur Hakimov - Zohir Pirimov, Kamron Abdulhamidov, Farhod Imamov.

AGMK navbatdagi nazorat o'yinini 8 sentyabr kuni Olmaliqda "Paxtakor"ga qarshi o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, jamoamiz azolari Nizomiddin Ziyovutdinov, Jasur Yaxshiboev Olimpiya terma jamoasi yig'inida ishtirok etayotgani tufayli jamoamiz mashg'ulotlarida qatnashmayapti. SHuningdek, jamoamiz massajchisi Abdulla Rizboev esa Milliy jamoa ixtiyorida JCH-2022 saralash doirasidagi Falastinga qarshi o'yinga jo'nab ketgan. Elguja Grigalashvili, Zafar Polvonov va Bobur Yuldoshev esa mikro jarohatlari tufayli bugungi o'yinda ishtirok etishmadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика