"Tobol" Igor Sergeevni 70 ming evroga sotib olganini rad qildi va haqiqiy narxni elon qildi
21 iyu 2021 12:45
Yangiliklar
"Tobol" Igor Sergeevni 70 ming evroga sotib olganini rad qildi va haqiqiy narxni elon qildi
Qozog'istonning "Tobol" klubi o'zbekistonlik hujumchi Igor Sergeevni transfer qilgani haqida xabar bergandik.
Kecha futbolchi Kostanay klubiga 70 ming evro evaziga ko'chib o'tgani haqida xabar berilgandi. Bugun "Tobol" klubi matbuot xizmati OAVdan chiqqan narx aslidagidan ikki baravar ko'pligini malum qildi.
"Tobol" Igor Sergeevni qanchaga sotib olgani malum
"Ko'plab OAVda "Tobol" O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeevni katta summa evaziga sotib olgani haqida xabarlar chiqdi. Bu xabar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Klub futbolchini OAVda chiqqan summadan ikki baravar kamroqqa sotib oldi. "Aktobe"ga ushbu summa bo'lib-bo'lib to'lanadi", - deb yozadi "Tobol" klubi matbuot xizmati.
Fikrlar