So’nggi yangiliklar

10:42"Ливерпул"га қарши учрашувдаги хатолардан сўнг МЮ Каземирони бошқа клубга таклиф қилди  4 10:15Николай Ширшов хотира кубоги. Бугун турнир ғолиблари аниқланади   2 10:11Германия терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини "Рома"да давом эттиради  2 09:40Кечирилмади! Немис клуби мухлислари футболчини бошқа жамоа либосида суратга тушгани учун дўппослашди  0 09:03Бразилиянинг машҳур жамоаси уй стадионининг номини Марсело шарафига ўзгартирди  4 08:35"Челси" собиқ футболчиси Қатар клубига ўтишга яқин  2 08:07«Арсенал»нинг янги футболчиси Мерино қанча муддатга сафдан чиққани маълум бўлди  1 07:38Футзал. Бразилия футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  2 00:27Ёзги транфер ойнасида рекорд даражада кўп трансфер амалга оширилди – ФИФА  5 00:08Англиялик уч нафар футболчи жароҳат сабаб терма жамоанинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  0 23:45Муҳаммад Салоҳ "Ливерпуль" билан ўз келажаги бўйича музокара ўтказади  2 22:52Қирғизистон термаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда  9 22:16Маурисио Почеттино шу ҳафта янги жойда иш бошлайди  1 21:52ОКМК 120 дақиқа давом этган назорат ўйинида "Олимпик"ни мағлубиятга учратди  2 21:23Отабек Шукуров: "Туркиядаги муаммолар сабаб, клубимни ўзгартиришга мажбур бўлдим. Ҳозир янги клубим эмас, терма жамоамиз манфаати ҳақида кўпроқ қайғурмоқдаман"  9

Tirik afsona! Buffon haqida 42ta fakt! Yangiliklar

Tirik afsona! Buffon haqida 42ta fakt!

Bugun italiyalik buyuk darvozabon Janluijji Buffon tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Janluijji 42 yoshni qarshi oldi. SHu munosabat bilan, darvozabon faoliyatiga yana bir bor nazar tashlaymiz va u haqida siz bilgan va bilmagan 42ta faktni sanab o'tamiz.

1. Afsonaviy o'yinchi 1978 yilning 28 yanvarida Italiyaning Karrara shahrida tavallud topgan. Futbolchining bo'yi 192 santimetr. Buffon professional futbolchi sifatidagi faoliyatini professional bo'lmagan jamoa "Kanaletto Sepor" safida boshlagan. Buffon sport maktabida o'qishni tamomlaganidan so'ng, o'z shahriga jo'nab ketadi va havaskor jamoa "Pertikata"da himoyachi poziciyasida to'p tepa boshlaydi. 12 yoshida esa "Bonaskola" klubiga o'tadi.

2. 1991 yil "Parma" yosh va iqtidorli o'yinchini sotib olishga qaror qiladi. Bu transfer klubga 15 mln liraga tushadi. Buffonga endigina 14 yoshga to'lganda ilk bor "Parma" yoshlar jamoasi darvozasi ishonib topshirilgan. posboni jarohat sabab safdan chiqqan va Janluijji asosiy golkiperga aylangan. Qayd etish lozim, o'shanda uning  xizmatlariga "Milan" va "Bolonya" klublari qiziqish bildirgan.

3. 2003 yilda Buffon jiddiy tushkunlikni boshdan o'tkazgan va aynan shu holat yotuk posbon bo'lishiga sabab bo'lgan desak, adashmaymiz. Janluijji: "Psixologik muammolarni yashirsangiz, u ich-etingizni eb bitiradi", — deb ko'p bor takrorlaydi. O'shanda u psixologga uchrab, yaqinlari bilan deyarli suhbatlashmay qo'ygan, hamma narsaga bo'lgan qiziqishi so'ngandi. Barcha narsasi etarli, lekin baribir nimadiri kamdek edi, go'yo. Xullas u 2 oy deganda yana "hayotga qaytgandi". (O'shanda "Yuventus" ichki chempionatda uchinchi o'rinni egallagan, CHempionlar Ligasidan erta chiqib ketgan).

4. 1997 yil Evrokubokda debyut qiladi. Ammo o'shanda "Parma" mag'lub bo'ladi (0:2). SHuningdek, o'sha yili u ilk bor Italiya termasi safida maydonga tushadi. 1999 yil Buffon "Parma" bilan UEFA va Italiya Kubogi hamda Italiya Superkubogini qo'lga kiritadi.

5. Qaxramonimizning eng esda qolarli xotirasi — B Seriyasiga chiqqandan so'ng, Konte bilan Skudettoga ega bo'lganidir. Lekin u murabbiy bo'lishga harakat qilayotgani yo'q. Sababi, Buffon faoliyatini yakunlagach uch farzandi va ayoli bilan ko'proq vaqt o'tkazish niyatida.

6. Buffon CHempionlar Ligasi finalida "Milan" o'yinchilari Dida va SHevchenko tomonidan yo'naltirilgan penalti tufayli qattiq tushkunlikka tushib qolgandi. U hattoki, "Barselona" va "Real" bilan bo'lgan bahslardagi muvaffaqiyatsizlikni ham osonroq qabul qilgan.

7. Darvozabonning so'zlariga ko'ra, "Real" hech qachon Buffonni sotib olmoqchi bo'lmagan. Lekin "Barselona", Manchester klublari bunga bir necha marotaba urunib ko'rgan. Ammo "Yuventus"ning qo'li baland kelgan, keyinroq esa aynan turinliklar barchaga rad javobini berganlar.

8. Buffon — tennischi Rodjer Federerning muxlisi. Ularning munosabati yaxshi, sababi shveycariyalik ham futbol ishqibozi bo'lib, xokkey ustasi Yagr va Buffonni o'ziga namuna sifatida ko'radi.

9. Janluijji Italiya chempionati seriyalaridagi rekordchi hisoblanadi. 38 yoshida 974 daqiqa davomida "Yuventus" tarkibida o'z darvozasidan to'p o'tkazmagan.

10. Buffon 6ta jahon chempionatining hammasida ham ishtirok etolmadi. Biroq so'nggi 10 yillikda Jijji tinimsiz ishlaganini tushunib olish qiyin emas.

11. “Yuventus” tarixida maydonga Buffondan bir daqiqa ham ko'proq tushgan futbolchi yo'q. Hatto, afsonaviy Del Pero ham undan ko'proq safarga borgan bo'lsa-da, maydonga tushish bo'yicha Buffon uni ortda qoldirib ketgan.

12. Tabiiyki, Italiya termasining sobiq posboni – rekordchi hisoblanadi. Buffon hisobida 175ta o'yin bor. Eng yaqin taqibchilari Kannavarro va Maldini ham undan ancha ortda qolib ketgan.

13. Buffon terma jamoada bor yo'g'i 130ta to'p o'tkazib yuborgan. Ammo aynan u terma safida “quruq o'yinlar” soni bo'yicha rekordchi hisoblanadi.

14. Italiyalik posbon "Skuadra" futbolkasini kiyib, Moskvada debyut qilgan. Havo sovuq, maydon loy, yomg'ir yog'ayotganiga qaramay, u o'z faoliyatini o'sha kuniyoq boshlagan. Ha, aytganday, o'shanda Moskvada bo'lib o'tgan finalda marselliklarni yutib, "Parma" jamoasi UEFA Kubogi sovrindori bo'lgan. Darvozada esa o'sha siz bilgan Buffon edi.

15. Har 7tadan 5ta o'yin Buffon uchun muvaffaqiyatli bo'lgan. Sababi u birorta ham to'pni o'tkazib yuborgani yo'q. Italiyalik golkiper hisobida faqatgina bitta avtogol va finalda Zidan kiritgan penalti bor. Germaniyada raqiblari unga o'yindan to'p kirita olishmagan.

16. Buffon sportchilar oilasidan. Otasi Adriano shtanga ko'taruvchi sportsmen bo'lgan. Onasi Mariya esa disk uloqtiruvchi bo'lib, 17 yoshida rekord o'rnatgan. Amakisi Anjelo — Oliy Liga basketbolchisi, Janluijjining singillari — Veronika va Jendalina voleyboll bilan shug'ullanganlar. Bobosi Lorenco esa "Milan"ning afsonaviy darvozaboni bo'lgan. Ha, naqd sport aristokratiyasining o'zi!

17. Buffon chexiyalik model Alena SHederova bilan jahon chempionatida g'alabaga erishganidan so'ng, turmush qurishga qaror qilgan. Ularning ikki o'g'li — Luis Tomas va Devid Li bor. 2011 yilda to'y bo'lgan, afsuski, 2014 yil ular ajrashib ketishgan.

18. To'ng'ich farzandining ismi Kamerun terma jamoasi golkiperi Tomas N`Kono sharafiga qo'yilgan.

19. Ikkinchi o'g'li — Devid Li, "Van Halen" guruhi vakili Rotga havas qilib, shunday ism qo'yishgan. Bu rok guruhi unchalik tanilmagan bo'lsa-da, toza ovoz sohibi Devid Li qaxramonimizning kumiri bo'lgan. Ana endi, Buffon yoshligida qanday musiqa tinglashni yoqtirganini bilib oldingiz.

20. Janluijjining uchinchi o'g'li — Leopoldo Mattia 2016 yilning yanvar oyida dunyoga kelgan bo'lib, u ikkinchi turmushidagi farzandi hisoblanadi. Uning ikkinchi ayoli teleboshlovchi Ilariya Damiko sanaladi.

21. "Parma"da Buffon 88-raqamda o'ynagan. U hazillashib "00" raqamini berishlarini ham so'ragan. Keyin Italiyaning evreylari noroziligi kelib chiqdi. O'sha paytlar neofashistlar 88 raqamini ishlatgan, shundan keyin Buffon 77-raqamni tanlaydi.

22. Buffonni "yaxshi yigitlar" bilan aloqasi borligida shubha qilishlariga yana boshqa sabablar ham bor edi. Jijji yoshligida Mussolini davridagi "Qo'rqoqlarga o'lim" iborasini futbolkasiga yozib olgan edi. Aytishlariga qaraganda, darvozabon bu yozuvni maktabda partaga o'yib yozilganini ko'rgan va o'sha payt uning manosini to'liq tushunib etmagan.

23. Buffon o'rta maktabni tamomlamagan, biroq keyinchalik yurist mutaxassisligi bo'yicha diplom sotib olgan. Buning uchun Jijjiga 4 yillik qamoq jazosi qo'llanilishi mumkin bo'lgan. Lekin boshqa mamlakatlarda bo'lgani kabi, Italiyada ham bunday muammolar tanish-bilish orqali hal qilish mumkinligi uchun qaxramonimiz "suvdan quruq chiqib ketgan". Yani, u qamoqqa emas, balki Jahon Kubogi tomon yo'lga otlangan. 2004 yilda bo'lib o'tgan to'polonni jarima to'lab bosdi-bosdi qilib yuborgan.

24. Jijji — biznesmen! Buffonning bir nechta kichik tashkilotlari bor. Ulardan biri to'rt yulduzli mehmonxona, qator ko'chmas mulk, chang'i kurorti yaqinidagi tog' uyi va hokazalarga ega. Ha, aytgandek, Buffonning mehmonxonasida rossiyalik "boyvochchalar" tez-tez kelib dam oladi. Sababi, uning mehmonxonasi plyajga yaqin bo'lib, velosipedlarni bepulga ijaraga berishi bilan ajralib turadi.

25. Karrara shahridan kelgan jamoa havaskor ligasidan bo'lganini ko'rgan Buffon akciyaning yarmini Kristiano Lukarelli bilan birgalikda sotib olgan va "Karrareze" klubiga ham moddiy tomondan yordam berib turgan. Ha, aytgandek, Janluijji shu klubning fanati bo'lib, vaqtiga qarab uning o'yinlariga ham borib turadi.

26. Buffon yoshligida juda to'polonchi bola bo'lgan. U jamoadagi eng xazilkash vakil edi. "Parma"daligida Nevio Skala tomonidan Jijji shunchalik ko'p jazolangan-ki, kam emas, ko'p emas bir yil tekinga o'ynashiga to'g'ri kelgan. Oylikning hammasi klub belgilagan jazoga ketar va futbolchining o'ziga hech nima qolmasdi.

27. 2008 yil oxirida Roberto Perrone futbolchiga "Birinchi raqamli" nomli biografik kitobni sovg'a qildi.

28. O'n ikki bor Buffon "Oskar del Kalcho" sovriniga loyiq ko'rilgan. Bu mukofot Italiyada mavsumning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladi. 1999 yildan 2017 yilgacha eng yaxshi darvozabon nomini aniqlash juda zerikarli bo'lgan, sababi har uchta sovrinning ikkitasi Buffonga nasib qilavergan.

29. "Yuventus" B Seriyaga tushib ketganida Buffonga ko'plab takliflar kela boshlaydi. Hattoki, qaysidir muddat darvozabon "Milan"ga o'tishga rozilik bermoqchi ham bo'ladi. Ammo keyin fikridan qaytadi va turinliklar safida qoladi.

30. Faoliyati davomida Buffon mingdan ziyod o'yinda maydonga tushadi, yubiley uchrashuv Albaniya termasi bilan o'yinga to'g'ri keladi. Ajoyib natija, ammo buning hayron bo'ladigan joyi ham yo'q. Sababi Janluijji ikki asrdan buyon katta futbolda!

31. Janluijji shunchaklik kuchli darvozabon-ki, uni bir vaqtning o'zida ham Betmen, ham Supermen deb chaqirishadi. Buffon o'z harakatlari bilan dunyo ahlini ko'p bor lol qoldirgani hech kimga sir emas.

32. Darvozabon bo'lishdan oldin Buffon yarim himoyada o'ynagan. Aytishlariga qaraganda, Jiji otasining maslahatiga ko'ra, golkiper bo'lgan ekan.  

33. Nafaqat "Milan", balki "Bolonya" ham yosh Buffon uchun kurashni boy bergan. Lekin bu kurashda "Jenoa" juda yaxshi imkoniyatlarga ega bo'lgan. Sababi sportchi yoshligida aynan shu klubga muxlislik qilgan. Ammo "Parma" uzoq o'ylab o'tirmadi, jamoa vakillari kelishadi va 15 million lira naqd to'lashadi. Keyinroq esa davrozabonni "Yuventus"ga 75 milliardga sotishadi — besh ming marotaba qimmatroqqa! Ana sizga ishbilarmonlik!

34. Buffon A Seriyadagi ilk golini CHiro Ferraradan "Yuventus"ga qarshi o'yinda qo'yib yuboradi. Hayot qiziq, unda turli voqelar yuz beradi. Keyinroq bu ikkovlon bir jamoada ko'plab o'yinlar o'tkazishdi va undan ham keyin esa CHiro malum vaqt Janluijjiga ustozlik qildi.  

35. Yosh iqtidor egasini "Arsenal" sotib olishga yaqin edi. Arsen Venger so'zlariga ko'ra, u zamonaviy futbolning barcha yulduzlarini yoshligida ko'rgan va iqtidorini sezgan, ammo deyarli hammasini qo'ldan chiqargan. Buffon esa "Parma"da qoladi, oradan uch yil o'tib "Yuventus" safiga borib qo'shiladi.

36. Buffon A Seriyadagi debyut uchrashuvini "Milan"ga qarshi o'tkazadi. Raqib safida Roberto Bajjo va Vea bo'lishiga qaramay, kiper darvozasi daxlsizligini saqlab qoladi. Uning otasi Adriano tribunada o'tirib o'yinni tomosha qilarkan, "qo'shnilar"ga aytardi: "Anavi bolakayni ko'ryapsizlarmi, oradan besh yil o'tib u Italiya milliy termasi safida o'ynaydi". Jijining otasi adashgandi, u oradan ikki yil o'tib Italiya termasi safida debyut qildi.

37. Buffon UEFA turnirlarida 156 o'yin o'tkazdi. Ammo hozirgi kunda Voycex SHHesni darvozani egallaganini inobatga olsak, bu raqamlarni keskin o'zgartirish qiyin masala. Afsuski, afsonaviy darvozabon faoliyatini o'zi xohlagandek yakunlay olmayapti. Xayrlashuv uchrashuvini o'zi orzu qilgandek, yozda Rossiya maydonlarida o'tadigan Jahon CHempionatida o'tkaza olmadi...

38. Janluijji yana bir ajoyib futbolchi Paolo Maldini rekordini (A Seriyadagi o'yinlar soni bo'yicha) hali yangilay olmadi. Biroq endi bunga imkoni bor. Bu borada unga omad tilaymiz.

39. Qaysi italiyalik hayotini vinosiz o'tkazadi? Buffon ham o'z ishini yo'lga qo'yib ulgurdi, mahsulot nomini birinchi imkoniyatdanoq topib olsangiz kerak. Ha, vino — Buffon deb nomlangan. Oq, qizil, pushti, qisqasi istaganingizdan topiladi. Ko'rib turganingizdek, Pirloga bu sohada ham raqobatchi topildi.  

40. Tabiiyki, CHempionlar Ligasida "Yuventus" futbolchilaridan hech biri Buffonchalik ko'p o'ynamagan. Bir necha yil avval yarim finalda "Monako" bilan uchrashuv Jijji uchun faoliyatidagi yuzinchisi o'yin bo'ldi. Ko'ramiz, bu rekordni yangilash uchun nechchi yil kerak bo'larkan. Axir zamonaviy futbolda sadoqat degan tushuncha yo'qolib bormoqda.

41. Janluijji "qo'y og'zidan cho'p olmagan"lardan emas. U hech qachon sho'x va hissiyotga beriluvchan ekanligini yashirmagan (buni "Yuventus"ning har bir golidan keyin ko'rishingiz mumkin). SHunchaki yillar o'tib, katta bo'lgan Jijji o'z salobatini bilib harakat qila boshladi. O'z vaqtida uni professional futbolchilarga taqiqlangan bir qator ishlarda ayblashgan.

42. Buffon hamon o'zini yoshi o'tgan, qarigan deb hisoblamaydi. Bir vaqtlar dam olish vaqtida mahalliy yigitlar bilan hech nima bo'lmagandek, ular Buffonning uzoq yillik tanishlaridek, futbol o'ynadi va "yulduzlik" kasaliga chalinmagani uchun alohida olqishlarga sazovor bo'lgandi. Intervyularidan birida qaxramonimiz professional faoliyatini 65 yoshda tugatishdan qo'rqmayotganini aytgandi. Keyinroq raqamlar o'zgardi va Buffon 80 yoshida ham, agar zarur bo'lsa, Italiya termasi va "Yuventus"ga yordam berishga tayyor ekanini aytdi.


Buffon o'tmishiga xat yo'lladi

Buffon nega "Yuventus"ga qaytmoqchi?!

Buffonni chetlatgan hakam. Kim o'zi u?

CHempionlar Ligasi kubogi ularga ham nasib qilarmikin? 



Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика