Timur Turdiev: "Bugun ikki ochko yo'qotdik"
24 avg 2021 21:37
Yangiliklar
Timur Turdiev: "Bugun ikki ochko yo'qotdik"
Pro liganing 16-turidan o'rin olgan "Aral Samali" - "Olimpik" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Turdiev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bugun qiyin o'yin o'tkazdik. Birinchi bo'limda mehmonlar bir oz ustunlikka erishgan bo'lsalar, ikkinchi bo'limda jamoamiz yigitlari o'zlariga kelib olishdi. Ikkinchi bo'limda o'yinni tenglashtirdik va ayrim vaziyatlarda ustunlikka ham ega bo'ldik.
Bugun ikki ochko yo'qotdik, desak ham bo'ladi. Yigitlar negadir birinchi bo'limda yaxshi o'ynashmadi. Ikkinchi bo'limda aytib o'tganimdek, ustunlikka ham ega bo'ldik.
Bizda darvozabonlar murabbiyi bor, ishlayapti. Murabbiy darvozabonlar bilan induvidial ishlaydi, hozir ikki posbonimiz ham yaxshi o'yin namoyish etmoqda", – dedi "Aral Samali" ustozi.
Fikrlar