So’nggi yangiliklar

15:48Манба: Ўзбекистон МТЖнинг CAFA турнири учун эҳтимолий таркиби  0 15:27"Футбол олами". "Нефтчи"да мағлубият, "Андижон"да йирик ғалаба, Самарқандда дуранг  0 15:16Доннарумма ПСЖ билан шартномани бекор қилишга тайёр  1 14:48Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоасининг CAFA мусобақаси учун таркибини Кападзенинг ўзи йиғади  4 14:28Breaking! Асилбек Жумаевга Европадан қизиқиш бор  10 14:07"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 13:38Неймар футбол тарихидаги энг яхши ярим ҳимоячи кимлигини айтди  4 13:09"Ньюкасл" бош мураббийи Исак билан боғлиқ ҳолатга изоҳ берди  0 12:41"Милан" Яшари трансферини ҳал қилди  0 12:13"Нефтчи" футболчисини четлатиш, "Сурхон" дарвозасига эса пенальти белгилаш керак эди – 16-турдаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  3 11:45ЦСКА Файзуллаев учун тўлиқ тўловни кутмоқда  2 11:14Россия ЖЧ иштирокчиси Иордания терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашуви ўтказади  10 10:40Саудия жамоалари МЮ тарбияланчисига 80 миллион евро тўлашга тайёр  2 10:03"Интер" тўпурар ҳужумчи билан шартнома имзолашга яқин  0 09:30Луис Диаснинг "Бавария"га ўтганидан сўнг ойлиги 4 бараварга ошди  6

Timur Kapadze: "Turon" Pro ligada munosib ravishda etakchilik qilmoqda" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Turon" Pro ligada munosib ravishda etakchilik qilmoqda"

O'zbekiston kubogi 2-turidan o'rin olgan "Olimpik" – "Turon" (5:1) bahsidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqida

- O'yin qiziqarli bo'ldi. Butun jamoani chiroyli g'alaba bilan muborakbod etaman. Har ikki jamoa xavfli vaziyatlar yuzaga keltirdi.  Anchadan buyon durang o'ynab, g'alaba qozona olmayotgandik. Ishlashda davom etamiz. Oldimizda bundan ham muhim o'yinlar bor. 

- Jamoa taktik jihatdan "Turon"dan ustun keldi. Yaypanliklarning qanday kamchiliklarini aniqladingiz va bundan unumli foydalandingiz?

- "Turon"ning oxirgi o'yinlarini ko'rdim. Jamoa juda yaxshi o'ynayapti. Taktik tomondan ham yaxshi harakatlanadi. Bo'shliqlarni aniqlab, imkon qadar xavfli vaziyatlar yaratdik.

- Jamoa kuchli jamoaga 5 ta gol urishga erishdi. Bu nima bilan bog'liq, balki bu jonajon stadioningizda ("Lokomotiv" stadioni nazarda tutilmoqda – tahr.) o'yin o'tkazganingiz bilan bog'liqdir... 

- Albatta, "Lokomotiv" stadionida o'ynash yoqimli. "Loko" menga begona emas, balki bu ham tasir qilgandir. "Andijon" bilan o'yinda maydon faktori tasir qilgandi hamda jamoa o'yini unchalik o'xshamagandi. Bugungi o'yinga yaxshi hozirlik ko'rganimiz foyda keltirdi. 

-  Olimpiya terma jamoamiz Parij Olimpiadasiga chiqa olmasa, "Olimpik" klub loyihasi davom etadimi yoki tugatialdimi?

-  Ertaga nima bo'lishini taxmina qila olmaymiz. Yaxshi niyatda yo'lga chiqdik. Oldimizdagi vazifani uddalash uchun borimizni beramiz. O'ylaymanki, bu loyiha qo'shimcha kuch bag'ishlaydi. Hali oldimizda Osiyo chempionati kutib turibdi. Bu – futbol. Nasib qilgani bo'ladi. Bizdan harakat – Xudodan barakat. Qo'limizdan kelganicha harakat qilamiz, qolganini vaqt ko'rsatadi.

- Boshqa jamoalar safida yosh futbolchilar yorib chiqishyapti. Masalan, "Bunyodkor"da himoyachi Jahongir O'rozov etishib chiqmoqda. Olimpiya terma jamoasiga nomzod sifatida aynan kimlarni ajratib ko'rsata olasiz? 

- To'g'risini aytsam, bu meni xursand qilmoqda. Bu yildan "Bunyodkor" yoshlarga ko'p imkoniyat taqdim etmoqda. Biz har bir futbolchiga imkoniyat berishga tayyormiz. Eng kuchlilar terma jamoaga yig'iladi, chunki oldimizdagi masuliyatli vazifani bajarishimiz, bosimni engib o'tishimiz kerak. Hamma o'yinchilarni kuzatib bormoqdamiz.

- "Turon" haqida nima deya olasiz? Jamoada o'tgan yilga qaraganda pasayish bormi? 

- Ilgari "Turon" bilan to'qnash kelmaganman. Jamoaning Superligadagi o'yinlarini kuzatganmiz. Bugungi bahs oldidan hozirgi "Turon"ning o'yinlarini ko'rib chiqdim. Jamoaning kuchli va kuchsiz tomonlari bor, albatta. Bundan oldin yaqindan bilmasdim. Superligada harakat qilgan va hozirgi "Turon"da tarkib bobida va murabbiylar shtabida ko'p o'zgarishlar bo'lgan. To'g'risini aytsam, jamoa o'yini menga yoqdi. Umuman olganda, "Turon" Pro ligada munosib ravishda etakchilik qilmoqda, bu bejiz emas.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика