So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  3 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  6 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  1 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  3 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Timur Kapadze: "O'z xatolarimiz evaziga yutqazdik. Himoyachilarimizga savollarim bor" Yangiliklar

Timur Kapadze: "O'z xatolarimiz evaziga yutqazdik. Himoyachilarimizga savollarim bor"

O'zbekiston kubogining 1/4 finalidan o'rin olgan "Dinamo" - "Olimpik" uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Samarqandliklarni g'alaba bilan tabriklayman. CHiroyli o'yin guvohiga aylandik. Muxlislar gollar shodiyonasiga guvoh bo'lishdi. Mag'lubiyatdan afsusdamiz. Ikki marta hisobda oldinga chiqib olib, kerakli natijani saqlab qola olmadik. Birinchi bo'limda ham ko'p vaziyat yaratdik. O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik, biroq himoyadagi xatolarimiz qimmatga tushdi. Realizaciya o'z rolini o'ynadi. Vaziyatlardan unumli foydalanganimizda, hisob boshqacha ko'rinish olgan bo'lardi. Mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqaramiz. 

- Bugun jamoa puxta tayyorgarlik ko'rgani sezildi. Raqib jamoaning o'yinlari bo'lmasa, qanday o'rgandingiz?

- Yo'q, bizda raqib jamoaning o'yinlari bor edi. "Dinamo"da yaxshi jamoa shakllangani ko'rinib turibdi. Legionerlar ham saviyali. Samarqandliklar bejizga Pro ligada mag'lubiyatsiz seriya qayd etmayapti hamda bejizga "Paxtakor"ni mag'lub etmagan. Afsuski, xatolar evaziga gollar o'tkazdik. Himoyachilarga savollarim bor. xatolar ustida ishlaymiz. 

- Qo'shimcha bo'limlar avvalida jismoniy ustunlik yoshlardan iborat "Olimpik"da bo'lishi kerak edi. Nahotki, bu ham yordam berolmadi?

- Guvohi bo'lganingizdek, jismoniy jihatdan biz yutqazmadik. Aksincha, raqibda bu borada muammolar ko'zga tashlandi. 90 daqiqadan keyin yigitlarning holatini so'radim va ijobiy javob oldim. Maydonning o'ti baland ekan, bu oyoqning qo'shimcha kuch sarflashiga olib keladi. Mag'lubiyatda jismoniy holat emas, individual va taktik jihatdan ayb qidirish kerak. "Dinamo"ga yana bir bor omad tilayman va barchani Mustaqillik kuni bilan tabriklayman.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика