So’nggi yangiliklar

11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  0 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  44 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  10 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  3 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  5 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  14 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  3

Timur Kapadze: "O'yin biz uchun foydali bo'ldi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "O'yin biz uchun foydali bo'ldi"

Coca Cola Superligasi 15-turidan o'rin olgan "Olimpik" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze fikr bildirdi.

O'yin haqida

- Uchrashuv qiyin ruhda o'tishini bilardik, sababi Superligada oson o'yinning o'zi qolmagan. Bugun ham har taraflama qiyin o'yin bo'ldi. To'g'ri, biz gol urishga erishdik, yana bir qancha imkoniyatlarga ega bo'ldik. Biroq "Qo'qon-1912" jamoasi ham jismonan, ham kurashuvchanlik tarafdan yaxshi harakat qildi. Ikkinchi bo'limda raqibning toliqishini bilardik, lekin ular ham bo'sh kelmadi. Biz biroz aniqroq o'yin namoyish etishimiz va ko'proq vaziyat yaratishimiz kerak edi. Afsuski, bu borada oqsadik. Umuman olganda, o'yin biz uchun foydali bo'ldi. Endilikda mazkur bahsni tahlil qilamiz. Yoshlar raqib himoyaviy o'yin namoyish etayotganda, qanday harakat qilish lozimligini bilishi kerak.

- "Olimpik"ning gol o'tkazib yuborishiga sabab bo'lgan birinchi bo'limning so'nggi o'n besh daqiqasida shogirdlaringiz sustkashlikka yo'l qo'yishiga nima sabab bo'ldi?

- Bunday deya olmayman. CHunki raqib shunga majbur qildi. Ular ketma-ket hujumlar tashkil qilishdi, shu bois himoyachilarimiz qiyinchiliklarga duch kelishdi. Ular markazdan uzun uzatmalar, qanotlardan yurishlar orqali hujum tashkillashtirdi. Bazi vaziyatlarda xatoga yo'l qo'ydik, bazilarini bartaraf eta oldik.

- SHaxzod Tairov ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushib, qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. SHuningdek, yana bir vaziyatda xavfli o'ynadi. Uning o'yinga kirisholmagani nima bilan bog'liq?

- Bilmadim, ehtimol, u o'yinga tayyor bo'lmagandir, har holda markaziy himoyachining xatoga qilishga haqqi yo'q. Lekin xatolar bo'lib turadi. U bilan suhbatlashamiz. Bunday o'yinlarga shay holatda chiqish kerak, aks holda raqib bundan unumli foydalanishi mumkin", dedi "Olimpik" ustozi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика