So’nggi yangiliklar

00:17Амир Ғалинои: "CAFA'да қатнашмаслик ҳақида хат ёздик, лекин шартларимиз қабул қилинмади"  17 23:40Мемфис Депай Нидерландия терма жамоаси тарихида энг яхши тўпурарга айланди.  2 23:12ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Нидерландияда қийин ғалаба, Грузия Болгариядан устун келди  0 22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  13 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  1 21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  1 21:00Файзуллаевнинг кайфияти чоғ, Ғаниевдан ўткир нигоҳлар. Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйиндан олдинги расмий машғулотидан галерея  12 20:40"Пахтакор" ўз уйига қайтган норасмий ўйинда "Олимпик"дан устун келди  5 20:09Азизбек Турғунбоев: "Эрондан алам оладиган вақт келди"  5 19:56Неъматов, Насруллаев, Норчаев ва Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  17 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  20 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   12 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  3 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  7

Timur Kapadze: "Ogohlantirishlar ko'payib ketgani maydonda ayovsiz kurash kechganidan dalolat beradi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Ogohlantirishlar ko'payib ketgani maydonda ayovsiz kurash kechganidan dalolat beradi"

O'zbekiston kubogi 3-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" – "Olimpik" (1:1) bahsidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqida

- Qiziqarli uchrashuv bo'ldi. "SHo'rtan" yaxshi murabbiy va futbolchilarga ega jamoa. Bu erda har doim futbol muhiti hukmronlik suradi. Stadion va maydon ham bunga munosib. CHiroyli va qiziqarli uchrashuv guvohiga aylandik. Durang o'ynab, keyingi bosqichga chiqdik. Bundan xursandmiz.

- "Olimpik" ruhiy jihatdan o'yin boshidanoq "SHo'rtan"ni yutib bo'lgandek harakatlandi. Jamoa shuni hisobiga gol o'tkazib yubordimi?

- "SHo'rtan" qarshi hujumda harakat qildi va tabiiyki, imkoniyatidan foydalandi. Ular qarshi hujumda bizni jazolashga urinishdi. Takroriy holatni ko'rib chiqishimiz kerak, keyin kim qaerda xato qilgani bo'yicha xulosa chiqaramiz. Umuman olganda, "SHo'rtan"ning rejasi amalga oshdi.

- Jamoangiz tezkor o'yin ko'rsatadi. Ammo futbolchilaringiz to'qnashuvlarda ovoz chiqarib yiqilishadi. Bu mashg'ulot jarayonida yo'lga qo'yilganmi?

-  Yo'q, bu mashg'ulotlarda ishlab chiqilmaydi. Balki bu og'riqni his etgandandir. Ular hali yosh. O'ylaymanki, bu vaqti kelib yo'qolib boradi. Bunga hakamlar ham yo'l qo'ymasligi lozim. Hakamlar har bir baqirishga hushtak chalmasliklari joiz. Agar qoidadan tashqariga chiqilmasa, bunga etibor bermasliklari va o'ynashga berishlari kerak. 

- Natija bahsga mos bo'ldimi?

- G'alaba uchun kelgandik. Vaziyatlardan foydalana olmadik. Bundan tashqari, "SHo'rtan" ham yaxshi himoyalandi. Natijaga to'xtalsak, hisob o'yinga mos bo'ldi.

- Uchrashuv ogohlantirishlarga boy bo'ldi, o'yin yakunida chetlatish ham kuzatildi. Mutaxassis sifatida buni qanday izohlaysiz?

- Bu maydonda ayovsiz kurash kechganidan dalolat beradi. CHunki ikki jamoa ham g'alaba qozonish uchun astoydil harakat qildi. Ko'p kurashlar bo'lgani uchun ogohlantirishlar ham ko'payib ketdi. Bu normal holat, menimcha. 

- "Olimpik" o'tgan o'yinda "Turon"ni yirik hisobda (5:1 – tahr.) mag'lub etgandi. Murabbiy sifatida "SHo'rtan" bilan bahsda nimadan qiynaldingiz? 

- "Turon" bilan o'yinda bo'shliqlardan unumli foydalandik. "SHo'rtan" esa bo'shliq qoldirmadi va zich himoyalandi. Yigitlarimiz hali yosh, mahorat, tajriba va texnik taraflama qiynalishmoqda. Albatta, ular shu kabi o'yinlar orqali o'sib borishadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика