So’nggi yangiliklar

21:55Бундеслиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  0 21:31Осиё Кубоги саралаши. Тожикистон Мальдив оролларидан устун келди, "Хоразм" футболчиси гол урди  0 21:15"Манчестер Юнайтед" Магуайр билан шартномани узайтирмоқчи  4 20:48Фабио Каннаваро: "Ғалаба билан бошлашимиз муҳим эди"  20 20:39ЖЧ-2034 2034 йилда бўлмаслиги мумкин  4 20:05Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон - Кувайт 2:0  13 19:59"Реал" асосий футболчиси фаолиятини якунлаш ҳақида ўйлаб қолган  0 19:58Ўртоқлик учрашуви. Каннавародан ғалабали дебют, Ўзбекистон Кувайтдан устун келди  117 19:38"Бу ғирт тентаклик": Рабьо Австралияда ўтадиган "Милан" – "Комо" учрашувини танқид қилди  1 19:12МЮ асосий футболчиси тез орада жамоа машғулотларига қайтади  0 18:44Аббос Файзуллаев жароҳат олди  7 18:10Элдор Шомуродов Азиз Ҳайдаровга етиб олди   4 17:35"Манчестер Юнайтед" "Ливерпул"нинг трансфер мақсади учун "катта пул" тўлашга тайёр  1 17:04"Барселона" Бундеслиганинг энг яхши ҳужумчиларидан бирини сотиб олишга тайёр. Нархи ошкор қилинди  6 16:35Малайзиянинг қонунни "айланиб ўтиш" уриниши ўхшамай қолди  1

Timur Kapadze: "Misrning kuchli tomonlari va imkoniyatlarini yaxshi bilamiz" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Misrning kuchli tomonlari va imkoniyatlarini yaxshi bilamiz"

O'zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze ertangi o'yin oldidan fikrlarini bildirib o'tdi.

Tayyorgarlik haqida:

- Kecha Nant shahriga etib keldik, tayyorgarlikni davom ettirmoqdamiz. Oldimizda Misrga qarshi uchrashuv kutib turibdi. Eng asosiysi, hamma sog'-salomat, biroq bitta yo'qotishimiz bor. Himoyachimiz Ibrohimhalil oilaviy sabablarga ko'ra terma jamoa ixtiyorini tark etishga majbur bo'ldi. Lekin shunga qaramasdan reja bo'yicha mashg'ulotlarni davom ettiryapmiz va ertangi uchrashuvda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. 

Ertangi raqibimiz Misr terma jamoasi haqida:

– Misrga kelsak, Afrikaning eng kuchli jamoalaridan biri. Ular bilan o'tgan yili Toshkentda o'ynaganmiz. Raqibimizning kuchli tomonlari va imkoniyatlarini yaxshi bilamiz. SHunga yarasha biz ham o'z rejamizga ko'ra tayyorgarlik ko'ramiz va g'alaba qozonish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz. 

Ispaniyaga qarshi kechgan o'yin haqida:

– Birinchi uchrashuvdan keyin o'yinimizni tahlil qilib chiqdik va o'zimizga kerakli bo'lgan xulosalarni chiqardik. O'yin davomida bazi vaziyatlarda yaxshiroq o'ynadik, bazida esa kamchiliklar ham ko'zga tashlandi. Biroq, aytganimdek, xatolar ustida ishlayapmiz va hozirda bor etiborimiz ertangi o'yinga qaratilgan.

Jamoada qolgan barcha sog', muammo yo'q. Ibrohimhalil ketganidan so'ng zaxira futbolchilarimizdan birini qaydnomaga kiritishga harakat qilyapmiz. Bu borada tashkiliy qo'mitaga so'rov yubordik, hozircha javobni kutmoqdamiz.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – Misr bellashuvi ertaga 20:00 da start oladi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика