So’nggi yangiliklar

23:14Туркия Суперлигаси. Алиқулов, Турғунбоев ва Шукуров жамоалари иштирокидаги ўйинлар якунланди  1 23:09Самвел Бабаян: "Бугун фақат ғалабага оид саволларга жавоб бераман"  3 23:05"Ренн" — "Ланс". Ҳусанов асосий таркибда!  0 23:02А Серия. "Ювентус" 20-ўриндаги "Салернитана"га қарши ўйиннинг сўнгги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди  2 22:36Иван Бошкович: "Ўйин бўйича биз кучлироқ эдик, аммо ҳар доим ҳам яхшироқ ўйнаган жамоа ғалаба қозонавермайди"  6 22:33Виталий Левченко: "Норчаев "Навбаҳор" билан ўйингача ҳам қайтмаса керак"  10 22:25АПЛ. "Арсенал" меҳмонда МЮни мағлуб этиб, турнир жадвалида биринчи ўринга чиқиб олди  45 22:20Александр Хомяков: "Балки хато қилгандирман, буни таҳлил қиламиз"  11 21:534 карра ЕЧЛ ғолиби "Реал"да қолишга қарор қилди  2 21:30Тошкентдаги ўйин қаҳрамони, Асрор Алиқуловнинг янги кашфиёти ва "Бухоро" легионери — Про лига 7-тур рамзий терма жамоаси  0 21:22Пешқадамни ютган мураббий, хорватиялик легионер ва "Арал" посбони — Про лига 7-тур лауреатлари  0 21:20ҚПЛ. "Қайрат" меҳмонда ўн киши бўлиб ишончли ҳисобда ғалаба қозонди. Йўлдошев эса...  0 21:03Суперлига. Иккита пенальти белгиланган ва икки жамоа мураббийлари огоҳлантирилган ўйинда "Навбаҳор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этди  115 20:57Суперлига. «Истиқлол» «ёнган» учрашувда «Нефтчи» ва «Андижон» жанговар дуранг ўйнади  80 19:21Паудо Дибала жорий мавсумдаги саккизинчи жароҳатини олди  1

Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? (to'liq matbuot anjumani) Yangiliklar

Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? (to'liq matbuot anjumani)

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze va futbolchi Umarali Rahmonaliev Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

- O'yin haqidagi fikrlaringiz?

- Bunday bosqichga qadar etib kelganimizdan xursandmiz. Ertangi o'yinga tayyormiz va barcha futbolchilar sog'lom. Ertangi uchrashuvning intiqlik bilan kutayapmiz.

Umarali Rahmonaliev

- O'yin haqida

- Murabbiyimiz takidlab o'tganlaridek bunday musobaqada uzoqqa borish yaxshi. Ertangi o'yinga bor salohiyatimiz va etiborimizni qaratganmiz. Uchrashuvga tayyormiz.

- Jamoangiz musobaqada yuz foizlik natija qayd etilmoqda. Bunday natijani yarim finalda ham davom ettira olasizlarmi?

- Bu turnirda har bir o'yin o'ziga yarasha qiyin va murakkab bo'ldi. Ayniqsa o'tgan uchrashuv juda principial va murakkab edi. Ertangi uchrashuv ham oson kechmaydi, ammo biz tayyormiz va ertaga g'alaba qozonishni istaymiz.

Umarali Rahmonaliev

- 20 yoshgacha bo'lgan Osiyo chempionatida terma jamoa sardori sifatida musobaqada g'olib bo'lgandingiz. Bundan avvalgi musobaqada to'plagan tajribangiz sizga qanchalik yordam bermoqda? Saudiya mag'lub etilgan jamoaga yana ishonch qo'shdimi?

- Bunday oldin ko'plab musobaqalarda qatnashganimiz va bu bizga katta foyda keltirdi. Biz o'tgan uchrashuvdan unutib va qo'shimcha ishonch to'plab keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'rdik. Saudiyaga qarshi juda muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Biz o'z kuchimizni va hissiyotlarimizni etarlicha saqlab qoldik. Ertangi uchrashuvda yana ishonch va hissiyotlar bilan maydonga tushamiz.

- Futbolchilik faoliyatingiz davomida Koreyada o'ynagansiz. O'sha vaqti SHi Te Yong boshqa jamoada bosh murabbiy edi. SHi Te Yongning Futbolchilik va murabbiylik faoliyatini eslay olasizmi va u haqida qanday fikrdasiz?

- O'zim Koreyada bir necha yil davomida o'ynaganman. Koreys xalqinining urf odat va yashash tarzini yaxshi bilaman. Futbolchilik faoliyatimda davomida ko'p marotaba Koreya bilan to'qnash kelganman. Ularning futbol falsafasidan yaxshi bilaman va ularning kuchli jihatlaridan xabardorman. Ertangi uchrashuvga har tomonlama tayyormiz.

- Ertangi uchrashuvda 90 foiz muxlislar Indoneziya terma jamoasini qo'llab quvvatlaydi. Futbolchilaringizga bu qanchalik bosim o'tkazishi mumkin?

- Avvalgi uchrashuvlarda Indoneziya terma jamoasining muxlislari o'z milliy jamoasini qanday qo'llab quvvatlashini bilib oldik. Lekin bu biz uchun muammo bo'lmaydi, Osiyo o'yinlarida ham Indoneziyaga qarshi o'ynaganimizda shunday holat bo'lgan edi. Futbolchilar har tomonlama uchrashuvga tayyor.

Umarali Rahmonaliev

- Rossiya chempionatiga ko'chib o'tganingizga bir yarim yildan vaqt bo'ldi. Rossiya chempionatida orttirgan tajribangiz ushbu musobaqa qanchalik qo'l kelmoqda?

- "Rubin" jamoasidan o'ynab ko'p tajriba to'pladim. Klubimda to'plagan tajribamni jamoadoshlarim bilan bo'lishmoqdaman. Rossiya chempionati ham ancha kuchli deb o'ylayman.

Umarali Rahmonaliev

- O'tgan 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatida Indoneziyaga qarshi o'ynagan edingiz. O'tgan yili kuzda o'tkazilgan Osiyo o'yinlarida ham Indoneziyaga qarshi o'ynadik. Indoneziyalik futbolchilarning darajasiga qanday baho berasiz? Futbolchilar o'rtasidagi daraja qanchalik katta yoki raqib futbolchilarining mahorati biz bilan tengmi?

- Indoneziya futboli so'ngi yillarda katta o'sishga erishdi deb o'ylayman. Raqibning o'yinlarini o'rganganmiz va bilamiz. Saudiyaga qarshi o'yindan keyin, Indoneziyani tahlil qilishni boshlagan edik. Ular yarim finalga qadar etib kelgani, ularning kuchli jamoa ekanligiga isbot bo'la oladi.

- O'zbekiston terma jamoasining aynan bu avlodi natija qayd etish bo'yicha etakchi. Avvalgi avlodlar esa muhim o'yinlarda ko'p marotaba yaxshi natija qayd eta olishmagan. Bu avlodda esa aksincha, bunga sabab nima deb o'ylaysiz? Balki futbolchilarning o'yinga tayyorgarlik ko'rishi, ularning o'ziga bo'lgan ishonchi va ruhiy holati bo'lishi mumkindir. Saudiyaga qarshi principial g'alabadan so'ng barcha futbolchilar xotirjam va bor etiborini keyingi uchrashuvga qaratgan edi.

- Har bir avlodning kuchli futbolchilari bo'ladi. Hozirgi avlodda natijalar yaxshiroq deb o'ylayman. Bunga sabab biz yaratgan tizim deb o'ylayman. SHuningdek, yillar davomida to'plangan tajribadan samarali foydalanmoqdamiz. Eski xatolarimizdan xulosa chiqardik. Ishonch, kuch va o'yin sifati bo'yicha ham o'sishga erishdik. Bunday tizim tuzish oson bo'lmaydi. Eng asosiysi, barcha vatan uchun o'ynamoqda.






Reyting: +48   

Fikrlar

+4   
28 apr 16:43:33
✨Ғайрат Муҳаммад????
Илоҳо аомийн, Шу қоркуз йигитларни ноумид қилма Аллоҳим! Уларга чемпионликни насиб эт. Кўнгилларини ниятларини ўлдирма. Куч кувват, шижоат ато эт, Аллоҳим. Узинг Қодирсан, Узинг раҳиймсан, Юзларини ёруғ қилиб, Ватанга кубок бн келишларини насибу рўз айла. Аомийн!!!

Олға ўғилларим, биз дуодамиз!!!
+2   
28 apr 15:54:14
Achchiq bo'lsayam haqiqat yaxshi
Инша Аллоҳ ғолиб бўласизлар финалга чиқасизлар ва финалдаям ғолиб бўлиб чемпион сифатида қайтасизлар. Биз сизларни соф виждон ва масъулият билан курашишингларга ишонамиз. Сизлар мусобақадаги энг кучли жамоа сизлар. Олға Ўзбекистон U23 терма жамоаси.
+2   
28 apr 15:48:57
Baxtiyor MYu
7 ой олдин Осиё ўйинлари чорак финалида Индонезия билан асосий вақтда 0:0 ўйнаб, қўшимча таймларда 2:0 ютганмиз. Худди шу таркиблар ўйнаган икки жамоада хам. Демак ўйинга маъсулият билан қараш керак
+1   
28 apr 21:56:57
Вохид Бег матов
Ольга Узбекистан ???????? Биз сизларга ишонамиз!!!
+1   
28 apr 21:53:10
Вохид Бег матов
Эртанги жангда омад ёр булсин Копадзе энг зур саркарда Насиб этса Осиёнинг Гвардиоласи булади Болалар эса Европа талаш булиб кетади
+1   
28 apr 20:21:39
Fan_BARCA
Olg'a Uzb qolgani kopeyka
+1   
28 apr 17:25:47
БУЮЛ ТУРОН
Худо Хохласа 3-0 ёки 5-0 хисобида ютамиз иншааоллах!!!
+1   
28 apr 17:21:30
Salom Assalom
Duodamiz!!!
+1   
28 apr 17:20:40
Liverpul Navbahor
Omad
+1   
28 apr 17:19:05
G‘alaba
Nasib etsa asosiy vaqtda g'alaba xal qilamiz
+1   
28 apr 17:18:30
G‘alaba
Chiroyli g'alaba kutamiz
+1   
28 apr 16:40:14
Бахтийор Ашуров
Илоҳим омадларингни берсин. Эртага сизлар билан биргаликда биринчи олимпияда йўлланмасини нишонлашни Ўзи насибу - рўз айласин. Амийн!
+1   
28 apr 16:20:49
Xolis inson.
Bunaqa oyin, bunaqa futbolchilar, bunaqa ishonch ortidan endi koʻplab futbol muxlislar bu termadan kubok kutishi boshladi. Shaxsan oʻzim, va man b.n birga ishlidigan hamkasblarim faqat kubok kutvomiz. Parij yoʻllanmasi yoki finalmas kubok b.n qaytishi nasib qilsin. Bu oʻyinchilar bunaqa ishonch bunaqa oyin bunaqa xarakter bilan kubokga xaqli arziydi. Omad
+1   
28 apr 16:14:30
Андижан
Эркакча жамоа тузилибди ракиб танламай йу́лдан чиккан хамма камандани янчиб ташлаяпмиз коил Кападзе бирон марта гол у́ткизмадик
+1   
28 apr 16:10:10
sss ddd
Йигитларга омад. Юзилар ёруг булсин. Бу энг масъулиятли уйин хисобланади.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика