So’nggi yangiliklar

01:59Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз  32 01:42Канселу эртага "Барса" учун тиббий кўрикдан ўтади. Клуб барчасини "Ал Ҳилол" ва Мендеш билан келишиб олди  1 01:25ПСЖ "Марсел"ни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, Франция Суперкубогини қўлга киритди. Рамуш 95-дақиқада гол урди, Шевалье серияда иккита зарбани қайтарди  3 01:10Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Ҳилол" ва "Иттифоқ"да ғалаба, Роналду ва "Ал Насср" яна мағлуб бўлди  6 00:43Ироқ юлдузлар лигаси. "Эрбил" Темировнинг дубли эвазига меҳмонда ғалабага эришди, ҳамюртимиз тўпурарлар пойгасида яққол етакчилик қилмоқда  4 23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  14 23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  2 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  10 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  3 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7

Samvel Babayan: "Bugun faqat g'alabaga oid savollarga javob beraman" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Bugun faqat g'alabaga oid savollarga javob beraman"

Superliga 7-turi doirasida o'tkazilgan "So'g'diyona" - "Navbahor" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi

- O'yin haqida

- Bugungi to'qnashuv chempionatimizdagi eng qiziqarli uchrashuvlar biri bo'ldi deya olaman. Yigitlarga rahmat aytaman, oson kechmagan bahsda g'alabani qo'lga kiritdik. Muxlislarni ham g'alaba bilan tabriklayman. Bunday qiyin uchrashuvlar jamoani tarbiyalaydi. Qo'lga kiritgan uch ochkomiz bilan musobaqa peshqadamiga aylanib oldik.

- 2021 yildan buyon Jizzaxda g'alaba qozona olmayotgan edingiz. Bugun ham ikkinchi bo'limda jamoangiz himoyaga yotib oldi. Bunga sabab nima? Bu sizning ko'rsatmangiz edimi yoki "Navbahor" futbolchilari charchab qolishganmidi?

- Har bir seriya qachondir tugaydi. Bugun g'alaba qozondik va men faqat g'alabaga oid savollarga javob beraman. Sizning savolingiz noto'g'ri deb o'ylayman. Yigitlar mehnat qilishdi, buni o'zingiz ko'rdingiz. Biz uchun qulay natija bo'layotgani sababli biz shunday uslub tanladik. Bu erda jismoniy holatning hech qanday tasiri yo'q. Biz bugun g'alaba qozondik va men ham faqatgina g'alaba haqida gapiraman.

- "Navbahor" jamoasi darvozasiga belgilangan penalti haqida gapirib o'tsangiz? O'sha vaziyatda 11 metrlik jarima zarbasini belgilashga asos bormidi?

- Penaltidan gol o'tkazib yubordik va ushbu gol bizga ancha qiyinchilik tug'dirdi. Goldan keyin faqatgina natijani saqlab qolishga intildik. Hakamning qarorini o'rganib chiqishadi degan umiddaman. Hakamlarning qarorini muhokama qilishim noto'g'ri.

- O'tkir Yusupov o'yin so'ngida "So'g'diyona" muxlislariga provokaciya qildi. Ushbu holat haqida fikr bildirib o'tsangiz?

- O'tkir haqiqiy professional sportchi. Yusupov bunday ishlar qilishiga ishonmayman va o'z ko'zim bilan ko'rmaganman. Biroz qizishib ketgan va maydonga baqirgan bo'lishi mumkin. Lekin u milliy terma jamoa darvozaboni va "So'g'diyona" muxlislari ham terma jamoada uni qo'llab quvvatlashadi. Qiyin va kurashlarga boy bahs bo'lgani uchun barcha futbolchilarda emociyalar kuzatildi.

- Ruslanbek Jiyanovning holati haqida malumot bersangiz? Jiyanov bugun maydonga tushmadi.

- Jiyanov biroz betob bo'lib qolgan edi. Osiyo kubogi finalida uni majburiy tarzda zaxiraga olishdi. Mushaklari bilan biroz muammo bor edi. SHu sababli, Ruslanni bugungi uchrashuvda maydonga tushirmadim. Jiyanovni keyingi uchrashuvlarga asradik.

- Toma Tabatadzening o'rniga yosh futbolchi Iminjonovni maydonga tashladingiz. Bunday qiyin uchrashuvlarda yosh futbolchiga imkoniyat berish qanchalik to'g'ri? Yosh futbolchi o'yin tempiga tusha olmasligi ehtimoli yuqori edi?

- O'zgarishni Tabatadzening o'zi so'radi. Iminjonov esa yosh futbolchi bo'lishiga qaramay, sekin astalik bilan tajriba to'plab bormoqda. Bizga ikkinchi qavatda yaxshi o'ynay oladigan futbolchi kerak edi, Iminjonovning bo'yi ham baland va bosh bilan yaxshi o'ynay oladigan futbolchi. U bugun yaxshi o'ynadi deb o'ylayman.

- Farg'onadagi vodiy derbisida durang qayd etildi va ikki jamoa ham ochko yo'qotdi. "Navbahor"ning chempionlik uchun imkoniyatlari yanada yaxshilandi. Keyingi bahsda "Neftchi"ga qarshi maydonga chiqamiz. Assistentlaringiz "Neftchi"ning bugungi o'yinini tomosha qilishdimi?

- Albatta yo'q. Bugun biz o'zimizning o'yinimiz bilan band bo'ldik. "Navbahor" o'ynab turgan vaqti boshqa jamoalar o'yiniga chalg'imaymiz. "Neftchi" ham barchadek jamoa. Yangi mavsumda barcha jamoalar "Navbahor"ga qarshi alohida tayyorgarlik ko'rishmoqda. Kuchli jamoa bo'lsa ham yoki musobaqa jadvalining so'ngi o'rinlarida borayotgan jamoa ham. Bugungi uchrashuvni tahlil qilib chiqamiz va ertadan keyini raqibni o'rganishni boshlaymiz.






Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика