So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  0 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  6 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  1 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  0 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  1 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  64 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

Vitaliy Levchenko: "Norchaev "Navbahor" bilan o'yingacha ham qaytmasa kerak" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Norchaev "Navbahor" bilan o'yingacha ham qaytmasa kerak"

Superliganing 7-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Andijon" (2:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- O'yin derbi maqomiga xos o'tdi. Ko'proq Evropa futbolida shunaqa olovli derbilar bo'ladi. Muxlislarga rahmat, butun uchrashuv davomida bizni juda yaxshi qo'llab-quvvatlashdi. Bugun har ikki jamoa muxlislari haqiqiy futbol bayramini tashkil etib berishdi. 0:2 hisobini 2:2 ko'rinishiga aylantira oldik, yigitlarga xarakter uchun raxmat aytaman.

- Ikkinchi bo'limda tezkor futbol namoyish etishni maqsad qilganmidingiz?

- Birinchi bo'limda oldingi chiziqda Nsungusu Efiong harakat qildi. Ikkinchi bo'limda vaziyatni o'zgartirdik. "Andijon" safida turli nuqtalarda o'ynay oladigan futbolchilarga qarshi uslub ko'rsatishimiz shart edi. Ko'rganingizdek, ikkinchi bo'limda tezkorlikka urg'u qaratdik, chunki hisob ham tezlikni talab etayotgandi.

 - Manuchehr Safarovning o'yinlaridan qoniqish hosil qilayapsizmi?

- Safarov terma jamoada ham katta bosim bilan o'ynaydi. Bundan tashqari Jasur Jaloliddinovda ham shunday vazifa bor. Ularda charchoq alomatlari mavjud.



- Norchaev nega o'yin qaydnomasiga kiritilmadi?

- Unda jarohat bor. Terma jamoadan qaytganidan so'ng ko'rikdan o'tdi va jarohati bor ekanligi malum bo'ldi. Tezroq safimizga qo'shilishiga umid qilayapmiz.

- "Navbahor" bilan o'yingacha safga qaytishi mumkinmi?

- Menimcha yo'q. CHunki Xusaynga tiklanib olishi uchun bir oz vaqt kerak. Futbolchining sog'ligi bilan tavakkal qila olmaymiz.



Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика