So’nggi yangiliklar

02:43Лига 1. "Лион" ва ПСЖ ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, Хакимидан дубль  1 02:39А Серия. Влаховичнинг голи меҳмонда "Ювентус"га ғалаба тақдим этди  0 00:53Киммих "Бавария"да қолишга яқин  0 00:24Абдуқодир Ҳусанов бугунги ўйинда қандай статистика қайд этди?  3 00:15АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпуль"га мағлуб бўлди, Ҳусанов ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  1 23:35Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Айнтрахт"га жавобсиз 4та гол урди, мюнхенликлар энг яқин таъқибчиларидан 8 очко илгарилаб кетишди  2 23:29БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" кутилмаганда "Шаржа"дан устун келди, "Ал Ваҳда"дан йирик ғалаба  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Ливерпуль"га ютқазди. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг катта балл олди  181 23:00U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистон ўз юришини чорак финалда тўхтатди  11 22:32"Челси" Ла Лигадаги ҳимоячи билан шартнома имзоламоқчи  1 22:10Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Жирона"ни мағлуб этиб, очколар бўйича "Барса"га етиб олди, 39 ёшли Модрич ўйинда ҳисобни очди  64 21:56Гризманн ўзининг "Атлетико"даги келажагини белгилаб олди  0 21:08Сон Хён Мин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин?!  5 20:01Тибо Куртуа Тедесконинг истеъфосидан сўнг Бельгия терма жамоасига қайтишни хоҳламоқда  7 19:39"Манчестер Юнайтед" ёзда "Барселона" футболчиси билан шартнома имзолашга уриниб кўради  8

Superliga. Ikkita penalti belgilangan va ikki jamoa murabbiylari ogohlantirilgan o'yinda "Navbahor" "So'g'diyona"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. Ikkita penalti belgilangan va ikki jamoa murabbiylari ogohlantirilgan o'yinda "Navbahor" "So'g'diyona"ni mag'lub etdi

Superliga 7-tur doirasidagi "So'g'diyona" - "Navbahor" o'yini yakunlandi.

"So'g'diyona" — "Navbahor" 1:2

12 may, 19:00

Bosh hakam: Rustam Lutfullin

Yordamchi hakamlar: Alisher Usmonov, Sanjar SHoyusupov

Zaxira hakami: Dauletbay Amanbaev

VAR: Akobirxo'ja SHukurullaev

AVAR: Elnur Doniyorov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Diyor Xotamqulov

Gol: 0:1 — 22, Toma Tabatadze (penalti), 0:2 — 52, Jashid Iskanderov (Farruh Sayfiev), 1:2 — 80, Lupcho Doriev (penalti).

"So'g'diyona": 27. Milan Mitrovich, 2. Sardor Qulmatov, 3. Islomjon Qobilov, 5. Jasur Yoqubov (17. Samandar Sindarov, 62), 8. Vladimir Yovovich, 9. Samandar Mavlonqulov, 14. Lupcho Doriev, 15. Xondamir Mustafoqulov (11. Zoran Petrovich, 56), 28. Stanislav Andreev (22. Aleksey Nosko, 56), 32. Nodir Soyibov, 33. Oleg Zoteev.

Zaxira: 1. Muhammadyusuf Sobirov, 4. Otabek Ahadov, 6. Alisher Salimov, 18. Mirjalol Abdumutalov, 82. Fazliddin Omonkeldiev, 90. Ulug'bek Kenjaev.

"Navbahor": 1. O'tkir Yusupov, 7. Azim Ahmedov (s), 9. Odil Hamrobekov, 10. Jamshid Iskanderov, 11. Asadbek Sobirjonov (6. Ibrohim Yo'ldoshev, 81), 13. Filip Ivanovich, 14. Jamshid Boltaboev, 22. Toma Tabatadze (71. Navro'z Iminjonov, 87), 23. Yovan Jokich, 34. Farruh Sayfiev, 77. Abror Ismoilov.

Zaxira: 12. Aleksandr Lobanov, 8. Siyavash Haqnazari, 17. Ruslanbek Jiyanov, 21. Giorgi Nikabadze, 24. Doston Abdulhaev, 27. Ozodbek O'ktamov, 33. SHodiyor SHodiboev.

Ogohlantirish: Farruh Sayfiev (41), Filip Ivanovich (45), Jamshid Boltaboev (77), Abror Ismoilov (82), O'tkir Yusupov (90+2), Ivan Boshkovich (90+5), Samvel Babayan (90+5), Oleg Zoteev (90+6).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+9. Andreevning jarimadan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. 

90+7. "Navbahor" jarima maydoni yaqinida standart vaziyat yuzaga kelmoqda.

90+5. Ikki jamoa murabbiyi etirozlar uchun ogohlantirildi.

90+2. Yusupov vaqt cho'zgani uchun ogohlantirildi.

90+1. XAVFLI VAZIYAT! Dorievning uzatmasidan so'ng Mavlonqulov to'pni raqib darvozasiga to'g'rilab qo'ya olmadi.

90. Ikkinchi bo'limga 8 daqiqa qo'shib berildi.

85. XAVFLI VAZIYAT! Mezbonlarda yana bir qulay vaziyat yuzaga keldi, Ahmedov so'nggi pallada to'pni qaytarib yubordi.

84. Yovovichning raqib jarima maydonida chap oyoqda yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

80. GOL! Doriev 11 metrli nuqtadan "Navbahor" darvozasining o'ng taraf pastki burchagini aniqlik bilan nishonga oldi. Yusupov to'p yo'nalishini topa olmadi.

77. "Navbahor" darvozasi tomon penalti belgilandi. Boltaboev o'z jarima maydonida Petrovichni to'xtatib qoldi.

76. XAVFLI VAZIYAT! Dorievning olis masoafadan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

75. Mezbonlarning burchakdan uzatmasi bartaraf etildi.

71. Qobilovning olis masofadan yo'llagan zarbasi noaniq yo'nalish bo'ylab ketdi.

68. XAVFLI VAZIYAT! Tabatadzening jarimadan yo'llagan zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi.

66. Sobirjonov "So'g'diyona" jarima maydoni yaqinida qoidabuzarlik evaziga to'xtatildi.

62. Mezbonlarda yana bir zgarish ro'y berdi.

56. "So'g'diyona" tarkibida ikki o'zgarish sodir bo'ldi.

52. GOL! Jamshid Iskanderovning "So'g'diyona" jarima maydonidan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p rekoshet hosil qilgancha raqib darvozasi borib tushdi!

50. XAVFLI VAZIYAT! Dorievning raqib jarima maydonidan yo'llagan to'pi darvoza ustuniga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

47. Yovovich jarohat olgan ko'pinadi, unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Ikkinchi bo'lim boshlanishi biroz kechikmoqda.

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

45. Filip Ivanovich raqibning tezkor hujumini buzishga uringani uchun ogohlantirildi.

41. Sayfiev qo'l bilan to'pga o'ynagani uchun ogohlantirildi. Uzatmadan keyin esa Yoqubov zarba yo'llay olmadi. 

40. Yovovichning jarimadan yo'llagan zarbasi o'ta noaniq ko'rinish oldi.

39. Mehmonlar yana fol ishlatishdi. "So'g'diyona"da standart vaziyat yuzaga keldi.

37. Yovich maydona markazida raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

29. Ismoilov katta tezlikda birin-ketin ikki raqibidan o'tib ketdi, so'ngra o'zi to'pdan ham ilgarilab ketib qoldi.

22. GOL! Toma Tabatadze 11 metrli nuqtadan "So'g'diyona" darvozasining chap burchagini aniq nishonga oldi! Mitrovich esa qarama-qarshi tomonga tashlandi.

20. "So'g'diyona" darvozasi tomon penalti belgilandi. Sayfievning uzatmasidan so'ng to'p mezbonlar vakillaridan birining qo'liga tegdi.

16. Abror Ismoilov Mitrovich bilan to'qnashib ketdi. SHifokorlar "So'g'diyona" posboniga tibbiy yordam ko'rsatmoqda.

15. Dorievning pasidan keyin Yovovich katta tezlikda "Navbahor" jarima maydoniga kirib bordi, raqib himoyachilari uni to'xtatishdi.

12. ZARBA! "So'g'diyona" futbolchisining uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Yusupov egallab oldi.

10. Andreev "Navbahor" futbolchisi tomonidan yiqitildi. Mezbonlarda standart vaziyat yuzaga kelmoqda.

7. Yusupov jamoadoshini raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi, uni raqib o'yinchisi to'xtatib qoldi, hakam esa o'yin qoidasi buzilmaganini takidladi.

6. Yovovichni maydon markazida Ahmedov to'xtatib qoldi.

5. Dastlabki daqiqalar keskin kurashlar ostida o'tmoqda.

1. Uchrashuv boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "So'g'diyona" futbolchilari qora-oq, "Navbahor" futbolchilari ko'k rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика