So’nggi yangiliklar

10:54"Челси" 19 ёшли футболчининг трансфери учун 43 миллион сарфлайди  0 10:23"Қўқон-1912" футболчиси Ироқ клуби билан шартнома имзолади  0 09:58Ўртоқлик учрашуви. МЮ АҚШда йирик ҳисобда ғалаба қозонди  1 09:27Нима? "Ал Насср" Россия чемпионатида тўп сураётган футболчига 70 миллион евро бермоқчи  3 08:58Пролига. "Олимпик" 7 нафар футболчи билан шартнома имзолади  1 08:30Аббосбек Файзуллаев янги жамоасида машғулотларни бошлаб юборди  10 08:25Лига Кубоги. "Интер Майами" ғалаба қозонди, Месси ўз ҳисобига иккита голли узатма ёздириб қўйди  2 08:01"Андижон" трансфернинг сўнггида яна икки нафар футболчи билан шартнома тузди  3 07:34"Навбаҳор" икки нафар "Олимпик"нинг собиқ футболчилари билан шартнома имзолади  1 03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   2 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  3 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  1 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  8 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  4 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  3

Timur Kapadze: "G'alaba uchun barcha ishni amalga oshiramiz" Yangiliklar

Timur Kapadze: "G'alaba uchun barcha ishni amalga oshiramiz"

U-23 Osiyo kubogi yarim finalidan o'rin olgan Yaponiyaga qarshi uchrashuvdan oldin O'zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze va futbolchi Jasur Jaloliddinov ishtirok etdi.

"Yarim finalda muhim uchrashuv kutmoqda. Yaxshi tayyorgarlik ko'rib oldimzga qo'ygan maqsadimizga erishamiz", - deydi Timur Kapadze.



- Jamoangiz 120 daqiqa o'ynadi. O'yinga tiklanish jarayoni qanday ketmoqda?

- CHarchoqlar bor. Avvalgi o'yinda ko'p kuch sarfladik. Muhimi yutdik. Tiklanish jarayoni davom etmoqda. O'ylaymanki, o'yinga optimal holatda kelamiz. Bor kuchimizni ishga solamiz. 

- Yaponiya haqida...

- Yaponiya doim kuchli jamoa. Taktik jihatdan shakllangan. Har bir jamoani zaif tomoni bor. Biz o'z o'yinimizga etibor qaratamiz. Albatta, ularning kuchsiz tomonlaridan foydalanishga harakat qilamiz. 

- Raqibdan qanday o'yin kutyapsiz? Ertaga terma jamoangiz Yaponiyaga qarshi qanday  o'yin ko'rsatadi?

- Yaponiyani hamma o'yinlarini ko'rib chiqdik. Hujumlarni yaxshi tashkil qilmoqda. Biz kerakli paytda hujum qilamiz, zarur paytda himoyalanamiz. G'alaba uchun barchasini qilamiz. SHu paytgacha kechgan har bir uchrashuv har hil o'tgan. Ertaga bizga g'alaba kerak. Raqibning kuchini ham bilamiz.

- Abduvohid Nematovning qizil olishi futbolchilarning ruhiyatiga qanchalik tasir qiladi?

- Nematov katta yo'qotish. Yigitlar o'sha kuni chetlatishdan keyin o'zini yo'qotmadi. O'ylaymanki, bu futbolda bor narsa.  Umuman olganda har tomonlama tayyor bo'lishimiz kerak. 

- 90 daqiqada ham hisob ochilmasa, 120 va penaltilar seriyasiga tayyorgarlik ko'rdimi?

- Albatta tayyorgarlik ko'ryapmiz. Ruhiyat ham, jismoniy holat ham muhim rol o'ynaydi. Yigitlarga ishonaman. 

- OFK muxlislarning kiritilishi bilan bog'liq rasmiy xabar bergani yo'q. Ertaga bu holat qanchalik tasir qiladi?

- Muxlislar bilan doim boshqacha bo'ladi. Ular bizga katta motivaciya bermoqda. Lekin hamma narsa bo'lishi mumkin. Biz O'zbekistondamiz. SHunday ekan maydonga chiqib o'ynashimiz kerak. Ishqibozlar ekran ortidan bo'lsa ham, bizni qo'llab-quvvatlashadi. 


"Bu bosqichda ekanligimizdan xursandman. Qiyin o'yin bo'ladi. Yarim finalda provakaciyalar, to'xtalishlarga bo'lmaydi, deb o'ylayman. 10 kishi bo'lib qolganimizda tushunib turgandik. Abduvohid uchun o'ynadik. Oldimizda turgan muxlislar uchun ham xarakter ko'rsatdik. Finalga chiqishni istaymiz. 

To'g'ri avvalgi uchrashuvda ko'p kuch yo'qotdik. Lekin ertaga kuch topamiz. Iroq bilan bahsda penalti belgilangan vaziyatda ko'p emociyaga berildim. Ularga ruhiyat jihatdan provakaciyasi uchun javob berib qo'ydik", - deydi Jasur Jaloliddinov.


Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика