So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  51 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Timur Hakimov: "Oyog'imni 7000 AQSH dollari evaziga operaciya qilishdi" Yangiliklar

Timur Hakimov: "Oyog'imni 7000 AQSH dollari evaziga operaciya qilishdi"

2011 yil Meksikada o'tgan o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatida ajoyib o'yinlari va gollari bilan xalqimiz mehrini qozongan Timur Hakimov ikkinchi davrani Farg'onaning "Neftchi" klubida boshladi.

Hakimov qishda oyog'idagi jarohatini operaciya qildirgani uchun bu yilgi mavsumning birinchi qismini o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi. Biz hujumchi bilan bog'lanib operaciya tafsilotlari va yangi jamoaga o'tishi qanday sodir bo'lgani haqida intervyu oldik.

- Qishda oyog'ingizni operaciya qildirganingizdan xabardormiz. O'sha jarohatni qachon olgandingiz?

- O'tgan mavsum birinchi davrada Jizzaxning "So'g'diyona" klubida faoliyat olib borganimdan xabaringiz bor. Ushbu jamoa safida "Obod"ga qarshi bahsda jarohat olgandim. Biroq yana yarim yil o'ynashga kuchim etdi. Og'riqlar bilan maydonga tushdim. Mavsum tugagach, qishda oyog'imni operaciya qildirishga majbur bo'ldim.

- Operaciya kichkina pul bo'lmagandir?

- Rossiya poytaxti Moskva shahridagi shifoxonalardan birida jarrohlik stoliga yotdim. Ushbu operaciyaga jami 7 ming AQSH dollari to'landi. Bu pulni G'anisher SHog'ulomov o'z yonidan to'lab berdi. SHu bois bu insonga juda katta minnatdorchilik bildiraman.


- O'tgan yil ikkinchi davrada "Obod"ga o'tish xato qaror bo'ldi deb o'ylaysizmi?
- "Obod"ga o'tishga xato bo'lmadi. Menga bu jamoada o'ynash tajriba berdi, men ham ozmi-ko'pmi klubni oliy ligada qolishiga o'z xissamni qo'shdim deya olaman. SHunchaki yuqorid aytganimdek jarohatim tufayli 100 foiz kuchim bilan o'ynay olmagandim.

- Operaciyadan keyin kachon mashg'ulotlarni boshladingiz.

- Operaciyadan keyin 3 oy o'tib jismoniy mashqlar bajarishni boshladim. Taxminan bir oy davomida shug'ullandim, keyin "Oq-tepa" safida ikkinchi ligada malum muddat faoliyat olib bordim.

- Takliflar ko'pmidi?

- Ikkinchi davradan oldin bitta taklifim bor edi. Vadim Karlenovichning shaxsan o'zi "Neftchi"ga taklif qildi. SHu bois o'ylab o'tirganim ham yo'q.

- Agar "Neftchi"dan taklif bo'lmaganida ikkinchi ligada, "Oq-tepa"da qolarmidingiz?
- Yo'q, menimcha "Oq-tepa"da qolmasdim. Hech bo'lmasa birinchi liga klublaridan biriga o'tishga harakat qilardim. Sababi jarohatdan so'ng baribir qaysidir klubda o'ynab o'yin amaliyotiga ega bo'lishim kerakku. SHukurki oliy liga jamoa meni o'z safiga qo'shib oldi. O'zimni ko'rsatish uchun imkoniyat berishganiga xursand bo'ldim.

- "Neftchi"da muhit qanday ekan?

- "Neftchi"da muhit yaxshi, yigitlar inoq. Endi bundan buyog'iga faqat g'alaba qozonib muxlislarimizni xursand qilishga urinamiz. Tarkibda kuchli va mahoratli futbolchilar jamlanishgan. Murabbiy ham kuchli. Demak mavsum oxirigacha barchasi yaxshi bo'ladi deb o'ylayman.

- Vadim Abramov qanday murabbiy?

- O'zbekistonda ikkita kuchli murabbiy bo'lsa ulardan biri - Abramov. Xatto O'zbekistonning emas balki butun O'rta Osiyoning eng kuchli murabbiylaridan biri deb hisoblayman. Uning tajribasi yordamida ko'zlangan maqsadga erisha olamiz deb o'ylayman.


- Qaysi murabbiy faoliyatingizda eng muhim o'rin tutgan?
- Aleksey Evstafeev. Nimani bilsam, nimaga erishgan bo'lsam shu kishining mehnati evaziga bo'lgan. Undan doim minnatdorman. Fursatdan foydalanib, hozir ham ularga rahmat aytmoqchiman.

- O'z vaqtida xorij klublaridan bo'lgan qiziqishlar qanchalik rost edi?

- Meksikadagi mundialdan so'ng “Zenit” klubidan taklif bo'lgani haqida eshitganman. Klubga va murabbiyga murojaat qilishgan. Qolgan klublar haqida esa faqat internetda o'qiganman. Balki ular ham qiziqishgandir, balki menga aytishmagandir... Bundan xabarim yo'q.

- Faoliyatingiz davomidagi eng yorqin xotira.

- Toshkentda o'tgan Osiyo chempionati chorak finalida Suriya bilan o'ynagandik va men 87-daqiqada boshim bilan gol urib jamoamizni Jahon chempionatiga olib chiqqandim. Hozirga qadar o'sha lahza eng yorqin xotira bo'lib turibdi. O'z vatanimizda ilk bor Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgandik. G'aroyib hissiyotlar edi.

- Qizig'i do'stingiz Abbos Maxstaliev "Neftchi"dan ketgach siz "Neftchi"ga keldingiz...

- Abbos bilan har o'yindan keyin gaplashib turamiz. Uning "Navbahor"ga o'tib ketgani albatta yomon bo'ldi. U bilan yana birga o'ynashni xohlardim, ammo bu futbol. Kimdir ketadi, kimdir keladi. Abbos bilan hali ko'p bir jamoada to'p tepishga umid qilaman. Unga barcha o'yinlarda omad, faqat "Neftchi"ga qarshi bahslarda emas (kuladi).


- Nima uchun Farg'onadagi o'yinlarga muxlislar juda kam kelishmoqda?
- Istalgan joyda mag'lubiyat bo'laversa muxlislar tashrifi kamayib ketishi tabiiy xol. Farg'onalik ashaddiy futbol muxlislari albatta salbiy natijalardan xafalar. SHunday ekan ularni faqat g'alabalar va chiroyli o'yinlar bilan stadionga qaytarsa bo'ladi. Vodiy xalqi futbolni juda sevadi, buni juda yaxshi bilaman.

- "Paxtakor" bilan bahsda jamoaga nima bo'ldi?

- Futbolda bunday holatlar bo'lib turadi. Xatto o'sha Evropaning grand klublari ham yirik mag'lubiyatlarga uchrab turishadi. "Paxtakor" bilan o'yinning birinchi bo'limida yaxshi o'ynagandik. Ammo ikkinchi bo'limda birinchi golni o'tkazib yuborganimizdan keyin negadir o'yinimiz bo'shashib ketdi. O'sha mag'lubiyatni unutgan holda boshqa bunday natijalar qayd etmaslikka harakat qilamiz. Yigitlar bilan barchasini gaplashib oldik.  

- O'zbekiston o'smirlar va olimpiya terma jamoasi sobiq futbolchisi sifatida milliy terma jamoamizga qanday tilaklaringiz bor?

- Xalqimiz singari biz ham terma jamoamizdan faqat g'alaba va Jahon chempionati yo'llanmasini kutayapmiz. Xudo xohlasa oldinda turgan ikkita o'yinda g'alaba qozonib Rossiyada bo'lib o'tadigan mundialga yo'llanma qo'lga kiritiladi. Terma jamoa libosida maydonga tushgan har bir futbolchi ortida xalqi turganini his qiladi, shunday ekan muxlislar ham jamoani qo'llab-quvvatlasa istalgan raqibni mag'lub etsa bo'ladi. Ishonish kerak xolos.

Narzulla Saydullaev


Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика