Tibbiy ko'rikdan so'ng Neymar "Real"ga qarshi o'ynashi malum bo'ladi
26 fev 2018 14:58
Yangiliklar


Tibbiy ko'rikdan so'ng Neymar "Real"ga qarshi o'ynashi malum bo'ladi
PSJ hujumchisi Neymar "Marsel"ga qarshi Franciya chempionati o'yinida jarohat oldi.
Futbolchi bugun tibbiy ko'rikdan o'tadi va u safga qaytadigan muddat malum bo'ladi.
Malumotlarga ko'ra, birinchi tekshiruvda Neymarning suyagi shikastlanmagani aniqlandi. Bugun qo'shimcha testlar o'tkaziladi va tibbiy shtab braziliyalikning maydonga qaytish sanasini elon qiladi. Neymar "Real"ga qarshi CHempionlar ligasi uchrashuvida ishtirok eta olmasligi mumkin.
PSJ hamda "Real" o'rtasidagi javob o'yini 6 mart kuni bo'lib o'tadi. Birinchi bahs 3:1 hisobida "Qirollik klubi"ning g'alabasi bilan yakunlangan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar