Tibbiy ko'rikdan so'ng Neymar "Real"ga qarshi o'ynashi ma'lum bo'ladi

Aslanov Jasurbek
26 fev 2018, 14:58
PSJ hujumchisi Neymar "Marsel"ga qarshi Fransiya chempionati o'yinida jarohat oldi.

Futbolchi bugun tibbiy ko'rikdan o'tadi va u safga qaytadigan muddat ma'lum bo'ladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, birinchi tekshiruvda Neymarning suyagi shikastlanmagani aniqlandi. Bugun qo'shimcha testlar o'tkaziladi va tibbiy shtab braziliyalikning maydonga qaytish sanasini e'lon qiladi. Neymar "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi uchrashuvida ishtirok eta olmasligi mumkin.

PSJ hamda "Real" o'rtasidagi javob o'yini 6 mart kuni bo'lib o'tadi. Birinchi bahs 3:1 hisobida "Qirollik klubi"ning g'alabasi bilan yakunlangan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Globo Esporte