Tiagu Alkantara: "Real"dan taklif bo'lsa o'ylab ko'raman"
16 dek 2013 11:08
Yangiliklar


Tiagu Alkantara: "Real"dan taklif bo'lsa o'ylab ko'raman"
"Bavariya" yarim himoyachisi Tiagu Alkantara agar "Real"dan taklif tushsa uni ko'rib chiqishini aytib o'tdi.
– Agar qachondir "Real"dan taklif tushsa uni rad etaman deb ayta olmayman, – deydi Alkantara Marca nashriga. – Bu dunyoning eng kuchli klublaridan biri. Hamma futbolchiga ham "Qirollik klubi"da o'ynash nasib etavermaydi. Ammo hozir meni "Bavariya"da barchasi qoniqtirmoqda. Ayni paytda hech nimani o'zgartirishni istamayman.

Fikrlar