Tiago Silva bir kun kelib "Milan"ni boshqarishi mumkin
11 okt 2022 18:46
Yangiliklar
Tiago Silva bir kun kelib "Milan"ni boshqarishi mumkin
38 yoshli futbolchining klub bilan shartnomasi mavsum oxirida tugaydi. Silva 2020 yil PSJdan erkin agent sifatida kelib qo'shilgan edi. Unga bitim muddatini uzaytirish bo'yicha hech qanday taklif bildirilmadi.
Dushanba kuni "ko'klar"ning "rossoneri"ga qarshi CHempionlar Ligasi o'yini oldidan Tiago Silvaga uning "Milan"ga qaytish-qaytmasligi borasida savol berildi: "Men "Milan"da tariximni yaratganman, deb ayta olaman. SHu tufayli hozirgi holatda bu amalga oshadi, deb o'ylamayman. Agar bu har qanday holatda ham ro'y berganida, "CHelsi"ga o'tishimdan oldin bo'lardi. Kelajak haqida hech narsa bilmayman. Kelajakda nima bo'lishini kim ham bilardi. Vaziyatga ko'ra ish tutamiz. Lekin men hozir "CHelsi"dek katta klub va professionallar bilan birga ekanimdan juda xursandman. Kelajakda ko'ramiz. Balki murabbiy sifatida "Milan"ga borarman, kim bilsin".
Fikrlar