Tiago Lino De Souza: "Internet, ovqat va transport borasida muammolar yuzaga keldi"
15 fev 2016 18:39
Yangiliklar


Tiago Lino De Souza: "Internet, ovqat va transport borasida muammolar yuzaga keldi"
"Bu o'yindan ko'nglim to'ldi. Vazifamiz chorak finalga chiqish edi. Turnirni hech bo'lmasa bir g'alaba bilan tark etmoqdamiz. Bugungi o'yinda omadimiz chopdi. Malayziya yaxshi o'ynadi, ammo omad biz tomonda ekanligi ko'rinib turdi. Biz Yaponiya va Avstraliya kabi kuchli jamoalarga qarshi o'ynadik va futbolchilar kerakli tajribaga ega bo'ldi deb o'ylayman. Quradan oldin jamoamiz to'rtinchi savatchadan joy oldi. Juda kuchli raqiblarga qarshi tushib qoldik. Yigitlardan minnatdorman. O'z ustimizda ishlab kelasi musobaqalarda yanada yaxshi qatnashishga harakat qilamiz. Arenaga keladigan bo'lsak "O'zbekiston" maydoni "Universal"nikidan biroz kichikroq ekan.
Tashkilotchilik borasida gapiradigan bo'lsam, mehmonxonada kichik muammolarga duch keldik. Ularning asosiylari internet, ovqat va transport" - deydi murabbiy.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar