Tezkor xabar: Lokomotiv PFK Andrey Fyodorovni istefoga chiqardi
20 avg 2020 19:43
Yangiliklar


Tezkor xabar: Lokomotiv PFK Andrey Fyodorovni istefoga chiqardi
Uchrashuvda jamoani shu paytgacha boshqarib kelgan Andrey Fyodorov klub rahbariyati tomonidan istefoga chiqarilgani malum qilindi.
«Temiryo'lchilar» uchun ushbu mavsum birmuncha og'ir kechayotgani sir emas. Xususan, jamoa Osiyo CHempionlar ligasi pley-off bosqichidan o'ta olmagan bo'lsa, Superliganing dastlabki 10 turida 4 bor g'alaba qozonib, 6 marta mag'lubiyatga uchradi. Natijada 10-turdan so'ng jamoa turnir jadvalida 8-o'rinni egallab turibdi. Mazkur natijalar sabab Andrey Fyodorov istefoga chiqarildi. Uning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz.
Malumki, ertaga, 21 avgust kuni «Lokomotiv» Olmaliq shahrida «Qo'qon-1912» jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur o'yinda jamoani kim boshqarishini ertaga malum qilinadi. «Lokomotiv» PFK o'zaro hamkorlik uchun Andrey Vitalevichga minnatdorlik bildiradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar