So’nggi yangiliklar

16:20"Шўртан" бугун 10 йиллик "қора анъана"га чек қўядими?  0 15:58ПСВ "Манчестер Юнайтед" футболчисини сотиб олмайдиган бўлди  1 15:21Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди  6 14:53Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин  0 14:28"Атлетик" собиқ президенти: "Уильямс биз учун ўйнашни истамаяпти"  4 13:45Луис Энрике: "Интер Майами"нинг даражаси умуман бошқача"  4 13:21Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас"  3 12:50Маскерано: "Биз бу ўйинда аутсайдермиз"  6 12:14Бруну Лаже "Челси"дан учралган мағлубиятга изох берди  0 11:52Рейна ўз давридаги энг кучли дарвозабонларни санади  10 11:25Энцо Мареска: "Челси" сўнгги ойдаги энг зўр ўйинини ўтказди"  2 10:43МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди  0 10:10“Челси“ “Боруссия Д“ футболчисини сотиб олишга яқин  2 09:38Нико Уильямс “Барселона“га талаб қўйди  13 09:05Суперлига. Бугун 14-тур давом эттирилади  5

Terri Anri: "To'g'risini aytsam, o'zbek futboli haqida uncha ko'p malumotga ega emasman" Yangiliklar

Terri Anri: "To'g'risini aytsam, o'zbek futboli haqida uncha ko'p malumotga ega emasman"

Teglar :  Terri AnriEVRO-2016
Kecha "Stad de Frans" stadionida bo'lib o'tgan Franciya - Ruminiya terma jamoalari o'rtasidagi Evro-2016 uchrashuvining tanaffus paytida Franciya termasining sobiq hujumchisi Terri Anri bilan ko'rishishga muvaffaq bo'ldim.

Biz o'tirgan media-tribunaning sal pastrog'ida bir qator Franciya termasining sobiq futbolchilari - Biksan Lizarazyu, Kristian Karamyo va Terri Anrilar ham bor edi. Ular har xil TV kanallari uchun sharhlovchi va ekspertlik qilishdi.

Fursatdan foydalanib, Anrini savollarga tutdim.

U FUT.uz saytiga eksklyuziv intervyu berib o'tdi va O'zbekiston termasining JCH-2018 saralash o'yinlarida omad tiladi.

- Terri salom! Franciyaga bevosita maydonning o'zidan ishqibozlik qilar ekansizda...
- Ha, shunaqa. Aslida, TV bilan shartnomam bor: o'yinda ekspertlik qilaman. o'zimning xulosalarim bilan o'rtoqlashaman.

- Umuman, Evro-2016 haqida nima deya olasiz?
- Juda katta musobaqani o'zimizda qabul qilyapmiz va shunga yarasha futbol ob-havosi hukmron bo'lishini taminlamoqchimiz. Bir oy davomida futbol bayramini kuzatamiz va unda ishtirok etamiz. CHempionatni milliardlab odamlar kuzatishiga shubham yo'q.

- Mamlakatingiz termasining imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
- Birinchi o'yin hamisha qiyin bo'lib kelgan. Bugun ham shunaqa bo'lishi aniq edi. Ayrim jamoalar startni yaxshi olishadi va bir oyga etmay charchab qolishadi. Qaysidir jamoalar bo'lsa o'yindan o'yinga ochilib boradi. Men o'ylaymanki, Franciya termasi ham shunaqa bo'ladi.

- Demak, siz "trikolor"ni uzoqroqqa borishiga ishonasiz
- Albatta, men Franciyani kamida yarim finalgacha borishiga ishonaman. Termamdan umidim katta.

- Bilamizki, siz MLSda to'p surgansiz. Amerika haqida qanday taassurot qoldi? "Nyu-York Red Bulls"da o'ynab yurgan kezlaringiz men ham stadionlarga borardim.
- AQSHni juda sog'indim. U erda kunlarim ajoyib tarzda o'tgan. MLS kuchli chempionat bo'lmasada, o'ziga xosligi bilan ajralib turardi. So'nggi 2 yilda u erga ko'plab taniqli futbol yulduzlari ketyapti. Kelajakda AQSH chempionati ancha kuchayadi.

- Endi Evropaga qaytdingizmi?
- Ha, hozir Evropaga qaytdim. Angliyada ishlash uchun takliflar olgandim. Nasib qilsa, Evropada o'zimga munosib joyda ko'proq faoliyat olib bormoqchiman. Keyinchalik balki, o'zimni murabbiylikda ham sinab ko'rarman.

- Terri, man o'zbekistonlikman. Toshkentdan kelganman. Aytingcha, o'zbek futboli haqida eshitganmisiz?
- To'g'risini aytsam, o'zbek futboli haqida uncha ko'p malumotga ega emasman. Ammo, shuni bilamanki Osiyoda futbol rivojlanmoqda. Agar termangiz etakchi termalar safida bo'lsa, demak hademay ko'proq malumotga ega bo'laman. Xalqaro musobaqalarda nomi chiqqan termalarning futboli albatta o'rganiladi. O'zbekiston ham bundan mustasno emas.

- Tushunarli. Demak ikkinchi bo'limda Franciyaga va sizga omad tilaymiz.
- Rahmat. Sizga ham omad. Termangizni xalqaro maydonlarda kutib qolamiz.

Sanat SHaripov, Sen-Denidan
FUT.uz sayti uchun maxsus

Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика