Terri Anri futbolchi iltimosiga ko'ra iste'foga chiqarilgan ekan

Aslanov Jasurbek
30 yanv 2019, 11:08
Get French Football News nashri Terri Anrining "Monako"dan ketishi haqida bazi ma'lumotlarni oshkor qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, monegasklar hujumchisi Radamel Falkao Anri borasida klub rahbariyatiga etiroz bildirgan. Anrining pasga qanday ochilish kerakligini o'rgatishi kolumbiyalikka yoqmagan ekan.

Bundan tashqari, Terri Anri jamoa yetakchilari Falkao, Kamil Glik, Jemerson va Andrea Rajiga bosim o'tkazib, ularga asosiy tarkibda joy bermaslik bilan tahdid qilgan.

Eslatib o'tamiz, 25 yanvar kuni "Monako" Anri bilan xayrlashdi va portugaliyalik Leonardu Jardimni qaytardi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Get French Football News